Dollar zaiflaşa boşlaydi — ekspert fikri

Dollar yaqin 3 – 5-yil içida asta-sekin zaiflaşişi, uning jahon savdosidagi uluşi esa kamayişi mumkin. Bu haqda iqtisod fanlari nomzodi Fozil Dodiyev Kursiv Uzbekistan’ga bergan izohida ma’lum qildi.
Mutaxassisning fikriça, dollarning global mavqeyiga bir vaqtning özida bir neçta omil bosim ötkazmoqda. Ular orasida dunyodagi geosiyosiy ziddiyatlar, dedollarlaşuv jarayonining kuçayişi hamda AQŞ davlat qarzining keskin ösişi bor.
«Yaqin 3 – 5-yilda AQŞ dollarining kursi asta-sekin zaiflaşa boşlaydi, uning yetakçi valyuta sifatidagi mavqeyi ham pasayadi va jahon savdo aylanmasidagi uluşi kamayadi», – dedi Dodiyev.
Uning ta’kidlaşiça, xalqaro hisob-kitoblarda milliy valyutalardan foydalanişga qiziqiş ortib borayotgani va ayrim davlatlarning dollarga qaramlikni kamaytirişga intilişi bu jarayonni tezlaştiriş mumkin.
Dollar yetakçi maqomini hozirça saqlab qoladi
Şu bilan birga, Dodiyev yaqin kelajakda dollar özining jahonning asosiy zaxira va hisob-kitob valyutasi sifatidagi maqomini yöqotmaydi, deb hisoblaydi.
«Yaqin kelajakda dollar jahonning asosiy zaxira va hisob-kitob valyutasi sifatidagi yetakçilik mavqeyini saqlab qoladi. Uning xalqaro savdo va SWIFT tizimidagi uluşi asta-sekin kamaysa ham, yuqoriligiça qoladi», – dedi iqtisodçi.
Mutaxassis dollarning global moliya tizimidagi roli qisqarib borişini kutmoqda, biroq bu jarayon tez emas, balki bosqiçma-bosqiç keçişini ta’kidladi.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan 19-noyabr uçun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.