GTA VI rasman çiqdi va tanqidçilardan yuqori baho oldi

eʼlon qilindi
gta
Öyin 19-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 00:00 da PlayStation 5 va Xbox Series X/S konsollari foydalanuvçilari uçun taqdim etildi
GTA VI rasman çiqdi va tanqidçilardan yuqori baho oldi
Foto: Davide Bonaldo / SOPA Images via ZUMA Press Wire / ТАСС

Rockstar Games studiyasining uzoq kutilgan Grand Theft Auto VI (GTA VI) öyini rasman sotuvga çiqdi. Öyindan birinçi bölib Yangi Zelandiya aholisi foydalaniş imkoniyatiga ega böldi.

Öyin 19-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 00:00 da PlayStation 5 va Xbox Series X/S konsollari foydalanuvçilari uçun taqdim etildi. Boşqa mamlakatlarda ham öyin mahalliy vaqt bilan yarim tunda sotuvga çiqadi.

GTA VI tanqidçilardan qanday baho oldi

Öyin çiqişi bilan tanqidçilarning ilk baholari ham e’lon qilindi. Kanobu naşri ma’lumotiga köra, GTA VI Metacritic platformasida 150 dan ortiq taqriz asosida 100 balldan 99 ball töpladi.

OpenCritic platformasida esa 60 dan ortiq taqriz asosida 98 ballga loyiq körildi.

Taqqoslaş uçun, 2013-yilda çiqarilgan GTA V öyini mazkur platformalarda mos ravishda 97 va 92 ball olgan edi.

GTA VI kompyuterlar uçun qaçon çiqadi

Hozirça GTA VI faqat PlayStation 5 va Xbox Series X/S konsollarida mavjud. Öyinning şaxsiy kompyuterlar uçun möljallangan versiyasi 2027-yil boşidan oldin çiqmasligi kutilmoqda. Biroq aniq sana hozirça ma’lum emas.

GTA VI videoöyinlar industriyasi tarixidagi eng köp kutilgan öyinlardan biri hisoblanadi.

Eslatib ötamiz, ötgan yilda Rockstar kompaniyasi GTA VI öyini uçun iş örinlari e’lon qilgandi.

Shuningdek