Honor 700 seriyasi qanday kameraga ega böladi

18-noyabr 2026 15:43 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: ITHome/ Honor

Honor kompaniyasi yangi Honor 700 seriyasidagi smartfonlar taşqi Honor G200 teleobyektivi bilan işlaşini ma’lum qildi. Bu haqda ITHome naşri xabar bermoqda.

Uşbu moslama yordamida foydalanuvçilar tasvirni 15 karra yaqinlaştirib suratga oliş imkoniga ega böladi. Kompaniya ta’kidlaşiça, bunday yeçim uşbu narx toifasidagi smartfonlarda ilk bor taklif qilinmoqda.

15 karra yaqinlaştiriş imkoniyati

Honor G200 taşqi teleobyektivi smartfonga ulanganda 15 karra yaqinlaştiriş rejimidan real vaqtning özida foydalaniş mumkin böladi.

Işlab çiqaruvçiga köra, ayniqsa, smartfon uçoyoqqa örnatilganda uzoq masofadagi obyektlarni sifatliroq suratga oliş imkoniyati oşadi.

Honor 700 turkumiga uçta model – Honor 700 Pro, Honor 700 va Honor 700S kiradi.

Foto: ITHome

Orqa tomonda qöşimça ekran böladi

Seriyadagi barça smartfonlarda orqa panelga qöşimça ekran örnatilişi aytilmoqda. Undan özini suratga oliş, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalaniş va taşqi köriniş sozlamalarini özgartirişda foydalaniş mumkin böladi.

Qurilmalarda yurak uriş tezligi va qondagi kislorod miqdorini kuzatiş funksiyalari ham bölişi kutilmoqda. Bundan taşqari, smartfon parvozlar haqida eslatmalarni ham körsatişi mumkin.

Akkumulyatori 9000 mA/soat böladi

Honor 700 seriyasining yana bir muhim xususiyati – 9000 mA/soat siğimli akkumulyator. Unda kremniy-uglerod texnologiyasiga asoslangan Qinghai Lake turidagi batareyadan foydalanilişi ma’lum qilingan.

Hozirça Honor 700 seriyasining sotuvga çiqiş sanasi va narxlari haqida batafsil ma’lumot berilmagan.

Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Honor 13 500 mA/soatli smartfon tayyorlayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek