
Abduqodir Husanov töp suradigan «Mançester Siti» xorvatiyalik himoyaçi Yoşko Gvardiolni «Barselona»ga sotişni rejalaştirmayapti. Kataloniya klubi 24 yoşli futbolçiga qiziqiş bildirgan, deb xabar berdi AS.
Naşr ma’lumotiga köra, «Barselona» Gvardiolning holati yuzasidan «Mançester Siti»ga murojaat qilgan. Kataloniyaliklar xorvatiyalik futbolçini markaziy himoyada ham, çap qanot himoyasida ham öynay olişi sababli tarkibni kuçaytiriş uçun maqbul nomzodlardan biri sifatida körmoqda.
Transferni amalga oşiriş qiyin
Biroq Gvardiolning «Barselona»ga ötişi hozirça murakkab körinmoqda. Futbolçi 2026-yil yozida «Mançester Siti» bilan yangi beş yillik şartnoma imzolagan va uning kelişuvi 2031-yil yozigaça amal qiladi. Klub ham himoyaçini öz tarkibida saqlab qoliş niyatida.
AS qayd etişiça, «Barselona» uçun Gvardiol transferini amalga oşiriş moliyaviy jihatdan ham oson bölmaydi. Şu sababli futbolçining yanvardayoq Kataloniya klubiga ötişi ehtimoli past baholanmoqda.
Gvardiol «Mançester Siti»ga 2023-yilda Germaniyaning «RB Leypsig» klubidan kelib qöşilgan. U markaziy va çap qanot himoyaçisi sifatida öynay oladi. Klub rasmiy saytiga köra, xorvatiyalik futbolçi «Siti» safida 120 dan ortiq uçraşuvda maydonga tuşgan.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan Husanovning statistikasi yangilangani haqida yozgan edi.