Ijtimoiy himoya milliy agentligida kimlar 120 foizgaça ustama oladi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi ayrim ta’lim muassasalari xodimlariga köp yillik iş staji uçun har oylik ustamalar belgilandi. Tegişli hujjat Adliya vazirligi tomonidan davlat röyxatidan ötkazildi.
Yangi tartib reabilitatsiya markaziga ega davlat ixtisoslaştirilgan maktabgaça ta’lim taşkilotlari, ixtisoslaştirilgan va qöşma turdagi maktabgaça ta’lim taşkilotlari, eksperimental boğçalar, ixtisoslaştirilgan maktablar, inklyuziv-resurs maktablari va markazlari, maktab-internatlar hamda maxsus texnikumlarga taalluqli.
Uşbu muassasalarning boş hisobçilari (yetakçi hisobçi va hisobçilari) va kadrlar böyiça inspektorlari uçun tarif razryadlari hamda iş stajiga qarab ustama miqdorlari belgilandi.
Stajga qarab qança ustama beriladi
Xodimlarga lavozim maoşiga nisbatan har oy quyidagi miqdorda ustama tölanadi:
- 1 yildan 3 yilgaça staj uçun – 30%;
- 3 yildan 5 yilgaça – 60%;
- 5 yildan 10 yilgaça – 80%;
- 10 yildan 15 yilgaça –100%.
15 yil va undan ortiq iş stajiga ega xodimlarga esa lavozim maoşining 120 foizi miqdorida oylik ustama tölanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq tarmoqlarda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlariga 300 foizgaça ustama va 13,6 mln sömgaça mukofot berilişi haqida xabarlar tarqalgaç, agentlik bu miqdorlar barça xodimlarga majburiy tarzda tölanmasligini ma’lum qilgandi.
Agentlik izohiga köra, qarorda körsatilgan 300 foizgaça, şuningdek, 5 yoki 10 baravargaça bölgan miqdorlar rağbatlantirişning maksimal çegaralarini anglatadi.