Kembrij luğati yil sözini e’lon qildi

eʼlon qilindi
Kembrij «human» – «inson» sözini tanladi
Foto: Cambridge Dictionary

Cambridge Dictionary (Kembrij luğati) 2026-yilning eng muhim sözi sifatida «human» – «inson» sözini tanladi. Uşbu tanlov sun’iy intellekt jadal rivojlanayotgan bir paytda insonning öziga xos xususiyatlari, ijodkorligi va jamiyatdagi örni haqidagi munozaralar kuçaygani bilan izohlandi. Bu haqda Cambridge Dictionary xabar berdi.

Luğatda «inson» sözi xudolar, hayvonlar yoki maşinalardan farqli ravişda insonlarga xos sifatlar, kamçiliklar va his-tuyğularga ega bölişni anglatadi. Sözning yil ramzi sifatida tanlanişi sun’iy intellekt inson hayotining tobora köproq sohalariga kirib borayotgan davrga töğri keldi.

Cambridge University Press vakili Frankeska Vudvardning ta’kidlaşiça, sönggi bir yil davomida odamlar, ayniqsa, sun’iy intellekt ularning iş örinlarini egallaşi mumkinligi haqidagi xavotirlar sababli «inson böliş nimani anglatadi?» degan savol ustida köproq öylay boşlagan.

Uning fikriça, «inson» sözi 2026-yil kayfiyatini aks ettiradi. Odamlar texnologiyalar rivojlanişi fonida insonning qanday jihatlari uni maşinalardan ajratib turişini qayta anglaşga harakat qilmoqda.

Sun’iy intellekt inson tuşunçasiga bölgan qaraşlarni özgartirmoqda

Cambridge Dictionary leksikografi Kolin MkIntoshning qayd etişiça, sun’iy intellekt inson haqida qanday gapirişimizga ham ta’sir körsatmoqda.

Bu xavotirlar turli sohalarda namoyon bölmoqda. Masalan, matematik masalalarni yeçişdan tortib, bolalarga ta’lim berişgaça bölgan jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalaniş insonning mustaqil fikrlaşi va ijodkorligiga qanday ta’sir qilişi muhokama qilinmoqda.

Şuningdek, luğat mutaxassislari «inson» sözining boşqa sözlar bilan birikmalarda qöllanişi ham köpayganini kuzatgan. Masalan, «human-made» – inson tomonidan yaratilgan yoki «human author» – inson muallif kabi iboralar işning sun’iy intellekt emas, aynan odam tomonidan bajarilganini ta’kidlaş uçun işlatilmoqda.

Kembrij universiteti fan falsafasi mutaxassisi Tom Mklelland esa sun’iy intellekt rivojlanişi inson ongi va sun’iy ong örtasidagi farq haqidagi savollarni yanada dolzarb qilayotganini ta’kidladi.

Uning fikriça, insonni sun’iy tizimlardan nima ajratib turişi – ong, ijodkorlik yoki hamdardlik ekanini aniqlaş bugungi muhim masalalardan biriga aylangan.

Agent ham yil sözi uçun da’vogar bölgan

2026-yil sözi uçun boşqa bir neçta atamalar ham körib çiqilgan. Ular orasida «agent» sözi alohida e’tiborga loyiq. Bu atama insonning doimiy nazoratisiz murakkab vazifalarni bajara oladigan sun’iy intellekt tizimlarini anglatadi.

Cambridge Dictionary yangi internet atamalarini ham qöşdi

2026-yilda luğatga internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng qöllanayotgan yangi iboralar ham kiritildi. Ular orasida «aura farming» va «looksmaxxing» atamalari bor.

«Aura farming» – odamlar e’tiborini tortadigan, jozibali yoki qiziqarli şaxs sifatida köriniş uçun ataylab muayyan xatti-harakatlarni amalga oşirişni anglatadi.

«Looksmaxxing» esa taşqi körinişni imkon qadar yaxşilaşga qaratilgan harakatlarni ifodalaydi. Bu atama, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda taşqi qiyofani özgartiriş va jozibadorlikni oşirişga oid kontentlarda işlatiladi.

Cambridge Dictionary yil sözi va luğatga kiritiladigan yangi atamalarni tanlaşda bir neçta mezonlardan foydalanadi. Ular orasida foydalanuvçilarning luğat saytida qaysi sözlarni köproq qidirişi ham bor.

Luğat mutaxassislari 2027-yilda e’tibor qaratilişi mumkin bölgan atamalar qatorida «FOBO» va «weather whiplaş»ni ham qayd etgan. «FOBO» – sun’iy intellekt sababli iş örnini yöqotiş yoki kasbiy jihatdan eskirib qolişdan qörqiş ma’nosini anglatadi. «Weather whiplaş» esa ob-havoning bir keskin holatdan boşqasiga tez özgarişini ifodalaydi.

Avvalroq OpenAI’ning GPT-6 Astra modeli Napoleon davriga oid 217 yildan beri töliq öqilmagan şifrli maktubni oçişga yordam bergani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek