Navoiyda avtomat bilan maşinada «drift» qilgan yigitlar qamaldi

eʼlon qilindi
Qurol öyinçoq bölib çiqqan
Foto: IIB

Navoiy şahrida avtomobillarining davlat raqamlarini yeçib, köçalarda «drift» qilgan va qöllarida avtomat bilan videolar olgan sakkiz nafar yigit 5 sutkadan ma’muriy qamoqqa olindi. Tekşiruvda qurol haqiqiy emas, öyinçoq ekani aniqlangan. Bu haqda Navoiy viloyati IIB xabar berdi.

Unga köra, 26 va 22 yoşli yigitlar Instagram’da sahifa oçib, avtomobillar poygasi hamda öqotar qurol bilan tuşirilgan videolarni joylab kelgan. Ularga Karmana tumani va Navoiy şahrida yaşovçi boşqa poyga işqibozlari ham qöşilgan.

Guruh a’zolari avtomobillarining oynalarini qoraytirib, davlat raqam belgilarini yeçib taşlagan holda köçalarda «drift» qilgan. Ayrim videolarda ularning qölida avtomatga öxşaş qurol ham köringan.

Qurol öyinçoq bölib çiqqan

Tezkor suriştiruvlar davomida videolarda köringan qurol haqiqiy emas, balki öyinçoq avtomat ekani aniqlangan. Guruh a’zolarining avtomobillari jarima maydoniga joylaştirilgan.

Yigitlardan biri sudda qilgan işidan puşaymonligini bildirgan. Uning aytişiça, video sababli işdan ayrilgan, avtomobili esa 13 kundan beri jarima maydonida saqlanmoqda.

Sakkiz nafar yigit 5 sutkaga qamaldi

Jinoyat işlari böyiça Navoiy şahar sudining qarori bilan jami töqqiz nafar huquqbuzar mayda bezorilikda aybdor deb topilgan. Ulardan sakkiz nafariga 5 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Maktab öquvçisi bölgan yana bir iştirokçi esa 1,32 mln söm jarimaga tortilgan.

Avvalroq Toşkent şahrida haydovçi bilan tortişuv vaqtida uni haqorat qilgan YPX inspektori egallab turgan lavozimidan çetlatilgandi.

Shuningdek