Nvidia milliy xavfsizlik böyiça maxsus qömita tuzdi

Nvidia direktorlar kengaşi darajasida milliy xavfsizlik va eksport nazorati böyiça maxsus qömita tuzdi. Bu kompaniyaning sobiq boş direktori Jensen Huang atrofidagi mojaro va uning iste’fosidan keyin amalga oşirildi, deb yozdi DW.
Yangi tuzilma National Security and Export Control Oversight Committee deb nomlanadi. U AQŞ milliy xavfsizligi, eksport çeklovlari va kompaniyaning xalqaro savdo qoidalariga rioya etişini nazorat qiladi.
Qömita kamida har çorakda yiğiladi
Qömitaga Goldman Saçs’ning sobiq vitse-raisi Suzanne Nora Johnson rahbarlik qiladi. Uning tarkibiga huquqşunos Stephen Neal va Kaliforniya texnologiya instituti professori John Dabiri ham kirgan.
Qömita kamida har çorakda bir marta yiğiladi. Şuningdek, uning faoliyatiga mustaqil huquqşunoslar, milliy xavfsizlik va savdo qoidalari böyiça ekspertlar jalb qilinadi.
Nvidia’da avvaldan faoliyat yuritayotgan National Security Team va Global Trade Compliance Team endilikda töğridan töğri uşbu qömitaga hisobot beradi.
Nvidia aksiyalari bir oyda 28 foizga tuşdi
Mojaro Nvidia’ning bozor qiymatiga ham ta’sir qilgan. DW yozişiça, kompaniya aksiyalari sönggi bir oyda qariyb 28 foizga arzonlaşgan, natijada uning bozor kapitallaşuvi yuzlab milliard dollar kamaygan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nvidia aksiyalari qulaşi ortidan yetti milliarder 67 mlrd dollar yöqotgani haqida yozgan edi.