Özbekistonda iş haqini istalgan bank kartasiga oliş mumkin — yangi tizim qanday işlaydi

eʼlon qilindi
Tizim işga tuşirilişi nega keçikdi
Endilikda banklar kredit uchun kartadagi hamma pulni yechib ololmaydi
Foto: Kursiv Uzbekistan

Özbekistonda xodimlar endi iş haqi, mukofot puli va boşqa tölovlarni iş beruvçiga xizmat körsatuvçi bankdan qat’i nazar, özlari tanlagan bank kartasi yoki elektron hamyoniga olişlari mumkin. Buning uçun alohida karta oçiş yoki yangi tizimda röyxatdan ötiş talab etilmaydi. Markaziy bankning Mablağlarni taqsimlaş markazi orqali işlaydigan uşbu mexanizmning birinçi versiyasi xususiy sektor taşkilotlari va ularning xodimlari uçun möljallangan.

Avval iş haqi, odatda, iş beruvçi taşkilot hamkorlik qiladigan bankdagi maxsus iş haqi loyihasi orqali ötkazilgan. Şu sababli xodim boşqa bank kartasidan foydalansa ham, maoşini oliş uçun qöşimça karta oçişiga töğri kelgan. Keyinçalik mablağni özi foydalanadigan kartaga ötkaziş zarurati ham yuzaga kelgan.

Yangi tizim uşbu boğliqlikni bartaraf etişga qaratilgan. Endilikda xodim öziga qulay bankni mustaqil tanlaşi, iş haqini mavjud kartasi yoki elektron hamyoniga qabul qilişi mumkin. Bunda karta yoki elektron hamyon aynan xodimning nomiga rasmiylaştirilgan bölişi kerak. Keyinçalik uning rekvizitlarini özgartiriş yoki boşqa bank kartasini tanlaş ham mumkin.

Tizim qanday işlaydi

Mablağlarni taqsimlaş markazidan foydalaniş uçun xodim özi tanlagan bank kartasi yoki elektron hamyonining rekvizitlarini iş beruvçining buxgalteriyasiga taqdim etadi. Buning uçun Markaziy bank tizimida alohida röyxatdan ötiş şart emas.

Keyingi jarayon taşkilot, unga xizmat körsatuvçi bank va Mablağlarni taqsimlaş markazi örtasida amalga oşiriladi.

Dastlab taşkilot xodimlariga tölanadigan iş haqi, mukofot puli va boşqa tölovlar böyiça yagona reyestrni şakllantiradi. Unda har bir xodimning özi tanlagan bank kartasi yoki elektron hamyoni rekvizitlari körsatiladi.

Şundan söng reyestr taşkilotga xizmat körsatuvçi bankka yuboriladi. Bank ma’lumotlarni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab, Markaziy bankning Mablağlarni taqsimlaş markaziga jönatadi.

Tizim reyestrdagi ma’lumotlarni tekşiradi va mablağlarni xodimlar tanlagan banklar böyiça taqsimlaydi. Yakunda qabul qiluvçi banklar pulni tegişli kartalar yoki elektron hamyonlarga ötkazadi.

Agar reyestrda xatolik aniqlansa, u tuzatiş uçun qaytariladi. Bu mablağlarning notöğri rekvizitlarga yuborilişi xavfini kamaytiradi.

Tizim işga tuşirilişi nega keçikdi

Mablağlarni taqsimlaş markazi bir kunda paydo bölgan loyiha emas. Uning joriy etilişi 2025-yil noyabrida qabul qilingan prezident qarori bilan boşlangan moliyaviy texnologiyalarni rivojlantiriş dasturining bir qismi hisoblanadi.

2025-yilning 27-noyabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev «Özbekistonda moliyaviy texnologiyalar sohasini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorni imzoladi. Hujjatda bank va tölov xizmatlari bozorida raqobatni kuçaytiriş, fuqarolarning moliyaviy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş vazifalari belgilandi.

Qaror doirasida Markaziy bankka fuqarolarga iş haqi tuşadigan bank yoki elektron hamyon provayderini mustaqil tanlaş imkonini beradigan mexanizmni işlab çiqiş topşirildi. Bunda xodimlarni iş beruvçi bilan hamkorlik qiladigan muayyan bank mijoziga aylantiriş amaliyotidan voz keçiş közda tutilgan.

2025-yil dekabrda qarorda Markaziy bank mazkur mexanizmni 2025-yil yakuniga qadar işlab çiqişi belgilangan edi. Şuningdek, 2026-yil iyunigaça Markaziy bank boşqaruvidagi tölov tizimlarida ommaviy, ya’ni töplamli tölovlarni amalga oşiriş funksiyasini joriy etiş vazifasi qöyilgan.

2026-yil 30-iyunda esa taqsim deb nomlangan yangi tizimni işga tuşiriş rejalaştirilgan edi. Biroq loyiha belgilangan muddatda işga tuşmadi.

2026-yil 18-noyabrda Markaziy bank Mablağlarni taqsimlaş markazi orqali fuqarolar iş haqi, mukofot puli va boşqa tölovlarni özlari tanlagan bank kartasi yoki elektron hamyoniga olişlari mumkinligini rasman e’lon qildi. Tizimning birinçi versiyasi xususiy sektor taşkilotlari va ularning xodimlari uçun möljallangan.

Yangi tizim kimlarga foyda beradi

Mablağlarni taqsimlaş markazi, avvalo, xodimlarga bank tanlaş imkoniyatini beradi. Endi fuqaro iş beruvçining qaysi bank bilan hamkorlik qilişiga qarab yangi karta oçişga majbur bölmaydi. U öziga qulay tariflar, mobil ilova, bankomatlar tarmoği yoki boşqa xizmatlar asosida bankni tanlaşi mumkin.

Taşkilotlar uçun ham tölov jarayoni soddalaşadi. Xodimlar turli banklarda hisobvaraqlarga ega bölişidan qat’i nazar, iş haqi yagona reyestr orqali yuboriladi. Natijada taşkilot har bir xodim tanlagan bank bilan alohida iş haqi loyihasi böyiça şartnoma tuziş zaruratidan xalos böladi.

Banklar uçun esa bu mijozlarni iş beruvçiga boğliq bölmagan holda jalb qiliş imkoniyatini yaratadi. Ya’ni ular mijozlarni faqat muayyan taşkilot bilan tuzilgan kelişuv orqali emas, balki xizmat sifati, qulaylik va taklif etilayotgan şartlar asosida jalb qilişi mumkin.

Mablağlar xavfsizligi qanday ta’minlanadi

Markaziy bank ma’lumotiga köra, Mablağlarni taqsimlaş markazi regulyatorning himoyalangan infratuzilmasida işlaydi. Ma’lumotlar yopiq bank tarmoği orqali uzatiladi, tölov reyestrlari esa elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.

Şuningdek, mablağ oluvçining karta rekvizitlari va identifikatsiya ma’lumotlari Markaziy bank bazalari orqali tekşiriladi. Agar ma’lumotlarda xatolik aniqlansa, reyestr tuzatiş uçun qaytariladi.

Bu mexanizm pulning notöğri hisobvaraqqa yuborilişi xavfini kamaytirişga qaratilgan.

Hozirça xususiy sektor uçun

Markaziy bankning ma’lum qilişiça, tizimning dastlabki versiyasi xususiy sektor taşkilotlari va ularning xodimlariga möljallangan. Kelgusida foydalanuvçilarning takliflari asosida uning imkoniyatlari kengaytirib boriladi.

Hozirça tizimning boşqa sektorlar, jumladan, budjet taşkilotlari xodimlari uçun qaçon joriy etilişi böyiça aniq muddat e’lon qilinmagan.

Şunday qilib, yangi mexanizm iş haqini olişda bank tanlaş imkoniyatini xodimning öziga qaytarişga qaratilgan. Uning amaliy samarasi esa tijorat banklarining tizimga ulanişi, taşkilotlar tomonidan foydalanilişi va keyingi bosqiçlarda qamrovning kengayişiga boğliq böladi.

Avvalroq Markaziy bank Özbekistondagi 4 ta tijorat bankiga islomiy bank faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziya bergani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek