Özbekistondagi 4 ta bank islomiy bank faoliyati uçun litsenziya oldi

Markaziy bank Özbekistondagi 4 ta tijorat bankiga islomiy bank faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziya berdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
4 bankka litsenziyalar berildi
Markaziy bank Boşqaruvining 2026-yil 18-noyabrdagi qarorlariga köra, litsenziyalar quyidagi banklarga berildi:
- Ipak Yöli aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki;
- Asia Alliance Bank aksiyadorlik tijorat banki;
- Orient Finans xususiy aksiyadorlik tijorat banki;
- Hayot Bank aksiyadorlik jamiyati.
Bu qiziq: Markaziy bank islomiy banklar uçun yangi instrumentlar tayyorlamoqda
Open Bank bu turdagi faoliyat uçun birinçi litsenziya olgan
Özbekistonda islomiy bank faoliyati uçun ilk litsenziya 2026-yil 23-oktabrda Open Bank’ka berilgan. Bu haqda Kursiv Uzbekistan Markaziy bank axborotiga asoslanib xabar bergan edi. Mazkur xabarga köra, bank 1-I-sonli litsenziyani olgan.
Banklar islomiy moliya operatsiyalarini amalga oşira oladi
Mazkur litsenziyalar banklarga «Banklar va bank faoliyati töğrisida»gi qonunning 5¹-moddasida nazarda tutilgan islomiy moliya operatsiyalarini amalga oşiriş huquqini beradi.
Markaziy bank mijozlarga islomiy bank xizmatlaridan foydalanişdan oldin tanlangan bankda tegişli litsenziya mavjudligini Markaziy bankning rasmiy sayti orqali tekşirişni tavsiya qiladi.
Avvalroq Özbekistonda sukuk – islom moliyasi tamoyillariga mos qimmatli qoğozlarni joriy etiş taklif qilinayotgani haqida xabar berilgan edi.