Rossiya Konstitutsiyaviy sudi Safonovning aliment böyiça şikoyatini qanoatlantirdi

18-noyabr 2026 10:30 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Instagram/ @motya_39

Rossiya Konstitutsiyaviy sudi «PSJ» va Rossiya terma jamoasi darvozaboni Matvey Safonovning aliment miqdorini hisoblaş tartibi yuzasidan bergan şikoyatini körib çiqdi.

Sud qaroriga köra, aliment tölovçining daromadi juda yuqori bölsa, sud tölov miqdorini kamaytirişi yoki uni qat’iy pul summasida belgilaşi mumkin. Bunda asosiy mezon bolaning real va oqilona ehtiyojlari bölişi kerak.

Safonov daromadining çorak qismini tölaşi kerak edi

2024-yil yanvarida Moskvaning Nikulinskiy tumani sudi Safonovni 2022-yil yanvaridan boşlab qizi voyaga yetguniga qadar oylik daromadining törtdan bir qismini aliment sifatida tölaşga majbur qilgan.

Futbolçi esa alimentni oyiga 300 ming rubl ($3,6 ming) miqdorida qat’iy summa sifatida belgilaşni söragan. Sud bu talabni rad etgan, keyingi instansiyalardagi şikoyatlar ham qanoatlantirilmagan.

Safonov 2026-yil iyulida Rossiya Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qilib, Oila kodeksining 81-moddasi 1-bandi Konstitutsiyaga muvofiqligini tekşirişni söragan.

Mazkur norma böyiça kelişuv bölmasa, bir bola uçun aliment ota yoki onaning iş haqi va boşqa daromadlarining törtdan bir qismi, ikki bola uçun uçdan bir qismi, uç va undan ortiq bola uçun esa yarmi miqdorida undiriladi.

Sud 300 ming rublni yetarli deb hisoblaş mumkinligini aytdi

Konstitutsiyaviy sud yuqori daromaddan alimentni faqat belgilangan foiz asosida hisoblaş ayrim holatlarda bolaning haqiqiy ehtiyojlaridan ança yuqori summaga olib kelişi mumkinligini ta’kidladi.

Sudga köra, bunday vaziyatda aliment mablağlarining bolaning manfaatlaridan taşqari maqsadlarda sarflanişi xavfi ham paydo bölişi mumkin.

Qarorda Rossiyada oyiga 200 ming rubldan yuqori daromad qonunçilik nuqtayi nazaridan yuqori daromad sifatida qaralayotgani ham qayd etilgan. Şu sababli oyiga 300 ming rubl miqdoridagi aliment, agar bolaning bundan ham yuqori xarajatlarni talab qiladigan alohida ehtiyojlari bölmasa, uning real va oqilona ehtiyojlarini ta’minlaş uçun yetarli deb baholanişi mumkin.

Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan Husanovning statistikasi yangilangani haqida yozgan edi.

Shuningdek