Toşkentda özini «tumangaz» xodimi deb taniştirgan şaxs uşlandi

Toşkent şahrining Yunusobod tumanida özini «Yunusobodtumangaz» xodimi deb taniştirib, tadbirkordan pul olgan şaxs uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Ma’lumotga köra, Departamentning Yunusobod tumani bölimi xodimlari tadbirkorlik subyektlari huquqlarini himoya qiliş yuzasidan tezkor tadbir ötkazgan.
3,3 mln söm olayotganda uşlangan
Tergovga qadar tekşiruv ma’lumotlariga köra, fuqaro Ş.R. MÇJ rahbariga qalbaki xizmat guvohnomasini körsatib, özini «Yunusobodtumangaz» xodimi sifatida taniştirgan.
U umumiy ovqatlaniş şoxobçasida aniqlangan qonunbuzarlik uçun 5,2 mln sömlik jarima qöllamaslik evaziga 3,3 mln söm talab qilgan.
Departament ma’lumotiga köra, fuqaro uşbu mablağni firibgarlik yöli bilan olayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Jinoyat işi qözğatildi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi – firibgarlik hamda 228-moddasi – hujjatlar, ştamplar, muhrlar va blankalarni qalbakilaştiriş yoki ulardan foydalaniş bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Andijon va Toşkent viloyatlarida noqonuniy Umra ziyoratini taşkil etgan şaxslar uşlangani haqida yozgan edi.