Huawei Mate 90 Air rasman namoyiş etildi

19-noyabr 2026 08:37 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Huawei Mate 90 Air rasman namoyiş etildi
Foto: Huawei

Huawei kompaniyasi yangi Huawei Mate 90 Air smartfonining taşqi körinişi, ranglari va xotira variantlarini rasman namoyiş etdi. Qurilma 24-noyabr kuni Mate X8 bukiluvçi smartfoni va Watç Air aqlli soati bilan birga taqdim etiladi.

Kompaniya Mate 90 Air’ni Mate turkumidagi eng yupqa oddiy korpusli smartfon sifatida ta’riflamoqda.

Uç xil rangda sotuvga çiqadi

Huawei Mate 90 Air kompaniyaning Vmall dökonida allaqaçon uçta rangda paydo bölgan:

  • puşti oltin;
  • kumuş;
  • qora.

Har bir rang uçun 12 GB tezkor xotira va 256 GB içki xotira, şuningdek, 12 GB + 512 GB variantlari taklif etiladi.

Hozirça narxlar e’lon qilinmagan. Avvalgi ma’lumotlarda 16 GB tezkor xotirali versiyalar haqida ham gapirilgan edi, biroq ular hozirça rasmiy röyxatda yöq.

Orqa qismida katta dumaloq kamera bloki böladi

Mate 90 Air dizayni Mate 90 turkumiga yaqin böladi. Orqa panelda katta dumaloq kamera bloki joylaşgan bölib, unda uçta kamera va ranglarni aniqroq qayd etişga xizmat qiluvçi Red Maple sensori örnatiladi.

Smartfonning old va orqa şişasi egilgan şaklda bölib, yumaloq ramkaga ulanadi. Hozirgi köplab flagmanlarda tekis korpus işlatilayotgan bir paytda, Huawei uşbu modelda egri dizaynni saqlab qolgan.

6800 mA/soatli akkumulyator kutilmoqda

Norasmiy ma’lumotlarga köra, Mate 90 Air taxminan 7 dyuymli 1.5K ekran bilan jihozlanadi. 12 GB tezkor xotirali versiyada Kirin 9030, 16 GB tezkor xotirali versiyada esa Kirin 9035 protsessori işlatilişi mumkin.

Smartfon 6800 mA/soatli akkumulyator olişi, 66 vattli simli va 50 vattli simsiz quvvatlaşni qöllab-quvvatlaşi aytilmoqda. Qurilma HarmonyOS 7 tizimida işlaşi kutilmoqda.

Avvalgi Mate 70 Air modelining qalinligi 6,6 millimetr bölgan va u 6500 mA·soatli akkumulyator bilan jihozlangan edi. Yangi Mate 90 Air undan ham yupqaroq bölişi mumkin. Huawei Mate 90 Air’ning narxi 24-noyabr kungi taqdimotda ma’lum qilinişi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan Huawei OSTA O1 Pro smartfoni qanday batareya bilan çiqişi haqida yozgan edi.

Shuningdek