11-sinf bitiruvçilari bir imtihon bilan maktabni bitirişi va OTMga kirişi mumkin

eʼlon qilindi
Özbekistonda maktab öquvçilarining bilimini baholaş va imtihon oliş tartibini özgartiriş taklif qilinmoqda
Yangi tashkil etilgan Soliq oliy maktabiga qabul joriy yildan boshlanadi
Foto: Bilimni baholash agentligi

Özbekistonda maktab öquvçilarining bilimini baholaş va imtihon oliş tartibini özgartiriş taklif qilinmoqda. Yangi tizimda 4-, 7-, 9- va 11-sinflar uçun alohida diagnostika va imtihonlar közda tutilgan. Bu haqda Ta’lim va ilm-fan vazirligi ma’lum qildi.

9-sinf imtihoni litsey va texnikumga kirişda hisobga olinadi

Taklif etilayotgan tartibga köra, 4-sinf öquvçilari öqiş, matematika va tabiiy fanlardan diagnostik test topşiradi. Natija bahoga aylantirilmaydi va keyingi sinfga ötişga ta’sir qilmaydi.

7-sinfda esa öquvçilarning kasbiy qiziqişlari va mantiqiy fikrlaşini aniqlaşga qaratilgan diagnostika ötkaziladi. Natijalar tavsiyaviy xarakterga ega böladi.

9-sinf öquvçilari asosiy davlat imtihonini topşiradi. Natija şahodatnomaga baho sifatida kiritiladi hamda akademik litsey yoki texnikumga kirişda hisobga olinadi. Bunda öquvçinin 10-sinfda öqişni davom ettiriş huquqi saqlanadi.

11-sinfda yagona davlat imtihoni

11-sinfda yagona davlat imtihonini joriy etiş rejalashtirilmoqda. U maktabni bitiriş hamda oliy ta’lim yoki texnikumga kiriş uçun umumiy imtihon sifatida işlaşi közda tutilgan.

Yangi tartibni 2027/2028-öquv yili yakunida Toşkent şahri va Navoiy viloyatida tajriba-sinov tariqasida joriy etiş rejalashtirilgan. Pilot bosqiç natijalari öquvçilarning ta’lim muassasalariga kirişiga ta’sir qilmaydi.

2028/2029-öquv yili yakunidan esa yangi tizimni barça hududlarda joriy etiş közda tutilmoqda. Hozirda vazirlik taklif etilayotgan tartib bo‘yiça jamoatçilik fikrini örganiş uçun anonim sörovnoma ötkazmoqda.

Avvalroq 2026- – va 11-sinflar uçun yakuniy davlat imtihonlari jadvali tasdiqlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek