Özbekistonda qizamiq kamaydi, ayrim yuqumli kasalliklar esa köpaymoqda

eʼlon qilindi
2025-2026-yillar ötkir respirator virusli infeksiyalar bilan kasallaniş 15 foizga kamaygan
Foto: depositphotos.com

2026-yilning 10 oyida Özbekistonda 2 542 ta qizamiq holati qayd etildi. Taqqoslaş uçun, 2024-yilda bu körsatkiç 20 940 tani taşkil etgan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi mutasaddilari matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Virusli infeksiyalar kamaygan

2025- va 2026-yil körsatkiçlari taqqoslanganda, ötkir respirator virusli infeksiyalar bilan kasallaniş 15 foizga, virusli gepatitlar 23,3 foizga, gripp va grippga öxşaş kasalliklar esa 64,2 foizga kamaygan.

Şu bilan birga, qizamiq, meningokokk infeksiyasi, suvçeçak va brutsellyoz böyiça ayrim ösiş holatlari kuzatilmoqda.

Qizamiqqa qarşi 1,6 mln doza vaksina olib kelindi

Qizamiqning oldini oliş uçun 2026-yilda respublikaga 1,6 mln doza vaksina olib kelindi va emlaş işlari davom ettirilmoqda. Mamlakatda Milliy profilaktik emlaş kalendari asosida 13 turdagi yuqumli kasallikka qarşi emlaşlar bepul amalga oşiriladi. Sönggi 10 yilda emlaş qamrovi 95 foizdan yuqori darajada saqlangan.

Immunizatsiya natijasida 1996-yildan buyon yovvoyi poliovirus keltirib çiqaradigan poliomiyelit holatlari qayd etilmayapti. Rotavirus infeksiyasi esa 45 foizga kamaygan, 5 yoşgaça bolalar orasida uşbu kasallikdan ölim holatlari kuzatilmayapti.

Vaksinalar uçun yiliga $20 mln ajratiladi

Vaksinalar xaridi 2020-yildan boşlab töliq davlat tomonidan moliyalaştirilmoqda. Bu maqsadlar uçun har yili $20 mln ajratiladi.

GAVI taşkiloti kömagida 3,4 mingta oilaviy poliklinikadagi emlaş punktlari 600 dan ortiq tibbiy sovutkiç bilan ta’minlangan.

Antibiotiklarni şifokorsiz qabul qilmaslik tavsiya etildi

Matbuot anjumanida kuz-qiş mavsumida gripp va ötkir respirator virusli infeksiyalar tarqalişining oldini oliş çoralari ham muhokama qilindi.

Aholiga kasallikning dastlabki belgilari paydo bölganda tibbiyot muassasasiga murojaat qiliş va antibiotiklarni şifokor tavsiyasisiz qabul qilmaslik tavsiya etildi.

Avvalroq Özbekistonda meningokokk infeksiyasi holatlari ortgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek