Özbekistonda turizm eksportini 10 mlrd dollarga yetkaziş rejalaştirildi

Özbekistonda turizmni rivojlantiriş böyiça yangi strategiya qabul qiliş rejalaştirilmoqda. Unda xorijiy sayyohlar sonini 20 mln nafarga, turizmning iqtisodiyotdagi uluşini esa hozirgi 3,5 foizdan 7 foizga yetkaziş maqsad qilingan. Turizm xizmatlari eksportini $10 mlrdga olib çiqiş közda tutilmoqda.
Mehmonxonalar uçun 16 foizli moliyaviy resurslar
Prezident turizm sohasidagi tadbirkorlarni rağbatlantiriş uçun qator imtiyozlar joriy etilganini ta’kidladi.
Jumladan, mehmonxonalar qurilişi uçun milliy valyutada 16 foizli moliyaviy resurslar ajratilgan.
Yer va mol-mulk soliği böyiça imtiyozlar 2030-yilgaça uzaytirildi. Yulduzli mehmonxonalarga subsidiya beriş muddati esa yana ikki yilga çözildi.
Turoperatorlar QQSdan ozod qilindi
Xorijiy sayyohlarga xizmat körsatuvçi turoperatorlar qöşilgan qiymat soliğidan ozod etildi.
Turistik transport vositalarini import qilişda bojxona imtiyozlari yana bir yilga uzaytirildi, utilizatsiya yiğimi esa bekor qilindi.
Mazkur çoralar turizm infratuzilmasini kengaytiriş, yangi mehmonxonalar va xizmatlar yaratiş hamda sohada xususiy investitsiyalarni köpaytirişga qaratilgan.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan Mirziyoyev Turkiy turizm alyansini tuzişni taklif qilgani haqida yozgan edi.