Qirğizistondagi yonğinda ikki özbekistonlik halok böldi

Qirğizistonning Manas şahrida qurilayotgan ikki qavatli binoda yuz bergan yonğin oqibatida ikki nafar Özbekiston fuqarosi halok böldi, yana bir özbekistonlik reanimatsiyaga yotqizildi. Bu haqda Qirğiziston Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boşqarmasi ma’lum qildi.
Yonğin qurilişi tugallanmagan binoda yuz bergan
Hodisa 22-noyabr kuni Intimak qişloğidagi A. Karimbekov köçasida joylaşgan, qurilişi hali tugallanmagan ikki qavatli binoda sodir bölgan.
Yonğinni öçiriş uçun uçta yonğin-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Alanga soat 22:56 da töliq bartaraf etilgan.
Uç kişi jabrlangan
Hodisa oqibatida uç nafar erkak jabrlangan. Ularning ikki nafari yonayotgan binodan olib çiqilib, tez tibbiy yordam xodimlariga topşirilgan.
Biroq ulardan biri şifoxonada vafot etgan. Ikkinçi jabrlanuvçi esa oğir ahvolda reanimatsiya bölimiga yotqizilgan.
Yana bir erkak voqea joyining özida tutundan zaharlanib halok bölgan. Uning jasadi qutqaruvçilar tomonidan binodan olib çiqilib, tibbiyot xodimlariga topşirilgan.
Yonğin sababi aniqlanmoqda
Qirğiziston FVV ma’lumotiga köra, hozirda mutaxassislar yonğinning kelib çiqiş sababi hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlamoqda.
Avvalroq Qirğizistonda 2027-yildan polietilen paketlar taqiqlangani haqida xabar berilgan edi.