Xalqim tunda osuda uxlaşi uçun ham doim bedor bölmoğim kerak — Mirziyoyev nabirasiga maktub yozdi

eʼlon qilindi
Bolalarni paxta dalalaridan maktabga qaytardim
Foto: prezident matbuot xizmati

Prezident Şavkat Mirziyoyev Iordaniyaga parvoz vaqtida nabirasi Şavkatbekka maktub yozdi. Unda davlat rahbari özining bolalik yillari, Özbekiston yoşlari, ta’lim va ilm-fan, Vatan kelajagi hamda davlat rahbari sifatidagi mas’uliyati haqida fikr bildirdi. Maktub 23-noyabr kuni yozilgan. Prezident unda xorijiy safarlaridan asosiy maqsadlardan biri Özbekiston farzandlarining tinç va farovon kelajagini ta’minlaş, mamlakatga yangi hamkorlar topiş ekanini ta’kidlagan.

Bolalarni paxta dalalaridan maktabga qaytardim

Mirziyoyev maktubda bolalik yillarini eslab, maktabning bir qismini paxta dalalarida ötkazganini yozgan.

«Yillar davomida bolalarimiz paxta dalalarida mehnat qilişga majbur böldi», – deya bolalik xotiralarini yodga olgan prezident öz faoliyatida bolalar ta’limiga alohida e’tibor qaratganini bildirgan.

U prezident bölganidan keyin bolalarni paxta dalalaridan maktabga qaytargani, boğça va maktablar qurilişiga, ta’lim sifatini oşirişga e’tibor berganini yozgan.

Kelajak yoşlarning qölida

Prezident Özbekiston buyuk olim va mutafakkirlar yurti ekanini ta’kidlab, yoşlarni ilm olişga çaqirgan.

U xalqaro fan olimpiadalarida ğolib bölayotgan, xorijiy universitetlarda tahsil olayotgan va turli sohalarda yangi natijalarga erişayotgan özbekistonlik yoşlarni misol qilib keltirgan.

«Yoşlarimizga imkoniyat berilsa, ular dunyoda öz örnini topadi», – degan mazmundagi fikrlarni bildirgan Mirziyoyev ilm-fan va ta’limni mamlakat kelajagining asosiy omillaridan biri sifatida körsatgan.

Şuningdek, u zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellektdan foydalaniş zarurligini, biroq ularga qaram bölib qolmaslik kerakligini ta’kidlagan.

«Har kuni yangi bilim va könikmalarni egallaş kerak», – deya yoşlarni xorijiy tillarni örganişga, doimiy izlanişga va öz ustida işlaşga çaqirgan.

Xalqim tunda osuda uxlaşi uçun ham men doim bedor bölmoğim kerak

Maktubning eng e’tiborli qismida prezident davlat rahbari sifatidagi mas’uliyati haqida yozgan.

«Xalqim tunda osuda uxlaşi uçun ham men har doim bedor bölmoğim kerak», deb yozgan Mirziyoyev. U vaqtning qadriga yetiş, qiyinçiliklarga sabr qiliş va muvaffaqiyatsizliklardan xulosa çiqariş zarurligini ham ta’kidlagan.

Prezident maktub yakunida nabirasiga vatanga muhabbat, halollik, mardlik, vatanparvarlik, kamtarlik va mehnatsevarlik kabi fazilatlarni asraşni vasiyat qilgan.

«Yurt kelajagi sizlarning qölingizda», – degan mazmundagi murojaat bilan yoş avlodning mamlakat oldidagi mas’uliyatini yana bir bor eslatgan.

Avvalroq Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 23-noyabr kuni Iordaniyaga davlat taşrifi bilan jönab ketgandi.

Shuningdek