AQŞda vertolyot qulaşi oqibatida ikki kişi halok böldi

AQŞning Kaliforniya ştatidagi Temekula şahrida vertolyot tepalikka qulaşi oqibatida ikki kişi halok böldi. Bu haqda mahalliy rasmiylarga tayanib ABC7 xabar berdi. Hodisa 23-noyabr kuni ertalab sodir bölgan.
Bortda ikki kişi bölgan
Riversayd okrugi şerif idorasi ma’lumotiga köra, vertolyot mahalliy vaqt bilan taxminan soat 9:30 da tepalikka qulagan.
Voqea joyiga yetib kelgan huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari ikki kişini halok bölgan holda topgan.
Federal aviatsiya ma’muriyati — FAA ma’lumotiga köra, halokatga uçragan havo kemasi Robinson R22 rusumidagi vertolyot bölgan.
Bortda jami ikki kişi bölgan.
Halokat sababi hozirça noma’lum
Hozirça vertolyotning nima sababdan qulagani haqida ma’lumot berilmagan.
Hodisa yuzasidan FAA va AQŞ Milliy transport xavfsizligi kengaşi tergov olib bormoqda. Halok bölganlarning şaxsi ham hozirça oşkor etilmagan.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Qirğizistondagi yonğinda ikki özbekistonlik halok bölgani haqida yozgan edi.