Ijtimoiy taksi Özbekistonning 15 şahridagi 200 dan ortiq maktablarda nogironligi bölgan bolalarga darsga qatnaşda yordam berdi

Yandex Uzbekistan va Ijtimoiy himoya milliy agentligining qöşma dasturi mamlakatning 15 şahridagi 203 ta maktabni qamrab olgan. Dastur iş boşlaganidan buyon nogironligi bölgan bolalar maktabga boriş va uyga qaytiş uçun 20 mingdan ortiq safarni amalga oşirgan. Safar xarajatlari davlat tomonidan töliq yoki qisman qoplanadi, Yandex Go esa bunday buyurtmalar uçun komissiya olmaydi. Bu haqda kompaniyaning mamlakat ijtimoiy rivojiga qöşayotgan hissasi töğrisidagi yillik hisobotida ma’lum qilingan.
Hisobot davrida kompaniya boşqa inklyuziv loyihalarni ham amalga oşirgan. Xususan, zaif eşituvçi haydovçilarning daromad topişi uçun imkoniyatlar yaratilgan, raqamli xizmatlar va şahar muhitini turli ehtiyojlarga ega insonlar uçun qulaylaştirişga qaratilgan işlar olib borilgan.
«Inklyuziv muhitni yaratiş Özbekiston ijtimoiy siyosatining ustuvor yönalişlaridan biridir. Bizning vazifamiz nafaqat nogironligi bölgan insonlarni qöllab-quvvatlaş, balki ularning imkoniyatlarini çeklaydigan tösiqlarni izçil bartaraf etişdan ham iborat. Yandex Uzbekistan bilan hamkorlikdagi loyihalar texnologiyalar bu vazifalarni hal etişda, ta’lim olişda teng imkoniyatlar yaratişdan tortib, daromad topiş va şahar böylab mustaqil harakatlanişga kömaklaşişgaça qanday yordam berişini körsatmoqda. Bunday yeçimlar insonlarning kundalik hayotiga singib, jamiyatda uzoq muddatli ijobiy özgarişlarga xizmat qilişi biz uçun ayniqsa muhim», – dedi Özbekiston prezidentining ijtimoiy himoya masalalari böyiça maslahatçisi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov.

«Millionlab odamlar har kuni xizmatlarimizdan foydalanadi. Şu bois texnologiyalar yaratayotgan imkoniyatlardan har bir inson foydalana olişi biz uçun muhim. Inklyuzivlik Yandex Uzbekistan ijtimoiy faoliyatining alohida yönalişigina emas, balki mahsulotlarimizni rivojlantirişdagi asosiy tamoyillardan biridir. Xizmatlarimiz qamrovi inklyuziv yeçimlarni jamiyat kundalik hayotining bir qismiga aylantiriş imkonini beradi. Şuning uçun davlat organlari va taşkilotlari bilan hamkorlikni qadrlaymiz. Bu hamkorlik insonlarning ehtiyojlarini yaxşiroq tuşuniş va ularning hayot sifatini oşirişga xizmat qiladigan yeçimlarni birgalikda yaratiş imkonini beradi», – dedi Yandex Uzbekistan vitse-prezidenti Sardor Qodirov.
Zaif eşituvçi haydovçilar uçun yangi imkoniyatlar
Kompaniya zaif eşituvçi insonlarning işlaşi va daromad topişi uçun imkoniyatlarni kengaytirmoqda. 2025 yil boşidan buyon Özbekistonda 1 377 nafar zaif eşituvçi haydovçi 722 mingdan ortiq muvaffaqiyatli safarni amalga oşirgan. Joriy yilda esa Yandex Lavka xizmatida ham eşitiş imkoniyati çeklangan insonlar uçun iş örinlari oçilgan.

Köriş qobiliyati çeklanganlar uçun raqamli xizmatlar
Raqamli xizmatlardan foydalanişda interfeysning vizual elementlari muhim örin tutadi. Bu esa köriş qobiliyati çeklangan insonlar uçun qiyinçilik tuğdirişi mumkin. Şu sababli Yandex Uzbekistan öz xizmatlarini ular uçun ham qulay qiliş ustida işlamoqda.
Hozirda Yandex Qidiruvdan Yandex Taxi’gaça bölgan töqqizta xizmat ekrandagi ma’lumotlarni ovoz çiqarib öqiydigan skrinrider dasturlarini qöllab-quvvatlaydi. Bu dasturlar foydalanuvçilarga ekrandagi ma’lumotlarni eşitiş, axborot qidiriş, kitob va musiqadan foydalaniş, şahar böylab yönaliş topiş imkonini beradi.
Şahar böylab harakatlanişni osonlaştiriş
Yandex Maps xizmatida ham turli ehtiyojlarga ega insonlar uçun joylar haqidagi ma’lumotlar kengaytirilmoqda. Hozirda xaritada kiriş va foydalaniş qulayliklari haqida ma’lumot beruvçi 29,6 mingta taşkilot kartoçkasi mavjud. Bu ötgan yildagiga nisbatan 50 foiz köp.
Bunday ma’lumotlar nogironligi bölgan insonlar, keksalar, vaqtinça harakatlanişda qiynalayotganlar yoki bola aravaçasidagi farzandi bilan yuradigan ota-onalarga öz ehtiyojlariga mos joyni tanlaşda yordam beradi.
Kartoçkalarda nogironlik aravaçasida kiriş imkoniyati, panduslar, avtomatik eşiklar va liftlar, maxsus jihozlangan hojatxona, xodimlarni çaqiriş tugmasi kabi qulayliklar haqida ma’lumot beriladi.

Yandex Taxi’da yölovçilar uçun maxsus imkoniyatlar
Yandex Go ma’lumotlariga köra, taksi buyurtma qilişdagi maxsus imkoniyatlardan foydalaniş holatlari köpaymoqda. 2025 yil boşidan buyon yölovçilar 540 mingta safarda uşbu imkoniyatlardan foydalangan.
«Maxsus imkoniyatlar» bölimi orqali yölovçi safar davomidagi muloqot xususiyatlari haqida haydovçini oldindan xabardor qilişi yoki undan yordam söraşi mumkin. Masalan, gapira olmasligi, ammo eşitişi yoki nogironlik aravaçasidan foydalanişi va maşinaga çiqişda yordamga muhtojligini bildirişi mumkin. Bu ma’lumotlar buyurtma bilan birga haydovçiga ham körinadi. Maxsus imkoniyatlardan foydalaniş bepul.

Yandex Prö’ning bilimlar bazasida haydovçilar uçun ham yölovçilarning turli ehtiyojlarini inobatga oliş böyiça özbek va rus tillarida öquv materiallari joylaştirilgan.
Yandex Uzbekistan kompaniyasining ijtimoiy loyihalari va erişgan natijalari haqidagi yillik hisobot bilan havola orqali tanişiş mumkin.