Husanov, Şomurodov va Fayzullayev Osiyoning eng yaxşi futbolçisi sovriniga nomzod böldi

25-noyabr 2026 09:27 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: ÖFA

Özbekiston milliy terma jamoasining uç nafar futbolçisi – Abduqodir Husanov, Abbosbek Fayzullayev va Eldor Şomurodov 2026-yilgi Asian Golden Player mukofoti uçun nomzod böldi. Xitoyning «Titan Sports» naşri e’lon qilgan röyxatdan jami 30 nafar futbolçi joy olgan.

Özbekistonlik uç futbolçi röyxatda

Nomzodlar orasida:

  • «Mançester Siti» himoyaçisi Abduqodir Husanov;
  • «Istanbul Başakşehir» yarim himoyaçisi Abbosbek Fayzullayev;
  • «Istanbul Başakşehir» hujumçisi Eldor Şomurodov bor.

Şuningdek, «Paxtakor» hujumçisi Ayman Hussayn ham nomzodlar röyxatiga kiritilgan, biroq u Iroq milliy terma jamoasi vakili sifatida qayd etilgan.

Son Xyon Min ham nomzodlar orasida

2026-yilgi röyxatda Osiyoning taniqli futbolçilaridan Son Xyon Min, Li Kan In, Kim Min Je, Daiçi Kamada, Ayase Ueda, Mehdi Toremi, Salim Al Dovsariy va Akrom Afif kabi nomlar bor.

Bu yilgi röyxatda eng köp futbolçi Yaponiya hisobiga töğri keladi – 6 nafar. Janubiy Koreya va Avstraliyadan törttadan, Özbekiston, Saudiya Arabistoni va Erondan esa uçtadan futbolçi nomzodlar qatorida.

Asian Golden Player qanday sovrin

Asian Golden Player mukofoti Xitoyning «Titan Sports» naşri tomonidan 2013-yildan beri topşirib kelinadi.

Bu sovrinni Osiyo futbol konfederatsiyasi – OFK tomonidan beriladigan rasmiy «Osiyoning eng yaxşi futbolçisi» mukofoti bilan adaştirmaslik kerak.

2026-yildan boşlab mukofot Xalqaro sport jurnalistlari assotsiatsiyasi – AIPS va uning Osiyo bölimi bilan hamkorlikda topşirilişi qayd etilgan.

Ovoz berişda futbolçilarning 2025-yil 1-sentabrdan 2026-yil 31-avgustgaça bölgan davrdagi klub va terma jamoadagi öyinlari, natijalari hamda sportçilik fazilatlari hisobga olinadi.

Jurnalistlar 30 nomzoddan uç nafarini tanlaydi: birinçi örin uçun 5, ikkinçi örin uçun 3 va uçinçi örin uçun 1 oçko beriladi. Ovoz beriş 30-noyabrda yakunlanadi.

Özbekistonliklar hali bu sovrinni yutmagan

2025-yilda mukofotni Son Xyon Min faoliyatida öninçi marta qölga kiritgan. U 146 oçko jamğargan. Li Kan In 105 oçko bilan ikkinçi, Kriştianu Ronaldu esa 91 oçko bilan uçinçi örinni egallagan.

Özbekistonlik futbolçilar hozirça Asian Golden Player mukofotini qölga kiritmagan.

Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan Husanov past baho olgani haqida yozgan edi.

Shuningdek