Özbekiston tibbiyotda Qozoğistondan özib ketdi: bu tibbiy turizm uçun nimani anglatadi

Özbekiston soğliqni saqlaş sohasidagi xalqaro reytinglarda Qozoğiston va Turkmanistondan yuqori örinlarni egallamoqda. Biroq mamlakat hozirça tibbiy turizm böyiça xalqaro reytinglarda qayd etilmagan. Özbekistonning tibbiy turizm sohasidagi imkoniyatlari va xalqaro tibbiy xizmatlar bozoriga çiqişiga tösqinlik qilayotgan muammolar 25–27-noyabr kunlari Toşkentda ötkazilayotgan Xalqaro turizm investitsiya forumidagi munozarada muhokama qilindi.
Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MDXMI) professori, Rossiya Turizm sanoati ittifoqi boşqaruvi a’zosi Galina Romanovaning aytişiça, Özbekiston xalqaro bozorda öz mavqeyini bosqiçma-bosqiç mustahkamlab bormoqda.
«Biz Özbekistonning xalqaro darajaga bosqiçma-bosqiç çiqib borayotganini, xizmat körsatiş sifati va standartlarini oşiriş orqali öz mavqeyini mustahkamlayotganini köryapmiz», — dedi u.
Özbekiston qaysi reytinglarda qöşni davlatlardan oldinda
Mamlakatning tibbiy turizm sohasidagi imkoniyatlarini körsatuvçi omillardan biri uning xalqaro soğliqni saqlaş reytinglaridagi örnidir. AQŞning CEOWORLD Magazine jurnali tomonidan tuzilgan 2024-yilgi Health Care Index reytingida Özbekiston dunyoning 110 ta mamlakati orasida 64-örinni egallagan. Qozoğiston 78-örinda, Turkmaniston esa 95-örinda qayd etilgan. Qirğiziston va Tojikiston tadqiqotga kiritilmagan. Rossiya esa 42-örinni egallagan. Reytingning kuçli uçligidan Tayvan, Janubiy Koreya va Avstraliya joy olgan.

Reytingni tuzişda tibbiyot xodimlarining malakasi, soğliqni saqlaş infratuzilmasining sifati, tibbiy xizmatlar narxi, dori-darmonlarning mavjudligi, sanitariya va ekologik şaroitlar hisobga olinadi.
Özbekiston Numbeo platformasining Health Care Index reytingida bundan ham yuqori natijani qayd etgan.
2026-yilning birinçi yarmi yakunlariga köra, respublika 101 ta mamlakat orasida 64,4 ball bilan 49-örinni egallagan. Şu tariqa Özbekiston Rossiya, Qozoğiston, Armaniston, Gruziya va Belarusdan yuqorida joylaşgan. Taqqoslaş uçun, AQŞ 66,9 ball bilan 41-örinni egallagan.

Romanovaning ta’kidlaşiça, tibbiy turizmning rivojlanişi faqat soğliqni saqlaş tizimining holatiga boğliq emas. Bunda turizm sohasi xorijiy bemorlarning mamlakatda qulay şaroitda bölişini ta’minlay olişi ham muhim ahamiyatga ega.
Nega Özbekiston tibbiy turizm reytinglarida yöq
Özbekiston soğliqni saqlaş reytinglarida muayyan örinlarni egallayotganiga qaramay, hozirça xorijiy bemorlar uçun mamlakatni baholovçi xalqaro Medical Tourism Index reytingiga kiritilmagan.
Uşbu reytingning sönggi naşri 2020–2021-yillarni qamrab oladi va unda 46 ta mamlakat hamda hudud körsatilgan. Reyting yetakçilari Kanada, Singapur va Yaponiya bölgan.
Özbekistonning ehtimoliy raqobatçilari orasida Turkiya 30-örinni, Xitoy 33-örinni, Rossiya 41-örinni, Eron esa 46-örinni egallagan.

Indeksni şakllantirişda qariyb 40 ta mezon hisobga olinadi. Ular orasida mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy vaziyat, xavfsizlik, transport imkoniyatlari, tölov tizimlarining rivojlanganligi, davolaniş narxi, şifokorlar va klinikalarning obrösi, xalqaro akkreditatsiyaning mavjudligi hamda bemorlarning qoniqiş darajasi bor.
Romanovaning fikriça, Özbekiston uşbu mezonlarning ayrimlari böyiça allaqaçon ustunliklarga ega.
«Bu reytingda mamlakatning xalqaro tibbiy xizmatlar bozoridagi narx va narxdan taşqari raqobatbardoşligi baholanadi. Şu jihatdan Özbekiston juda yuqori narx raqobatbardoşligiga ega ekani qayd etilgan», — dedi professor.
Şuningdek, respublika ekspert tilga olgan tibbiy turizm yönalişlarining ommabopligi reytingida ham mavjud emas. Medical Tourism Index reytingidan farqli ravişda, bu körsatkiç bevosita davolaniş sifatini emas, balki potensial bemorlarning muayyan mamlakatlarga bölgan qiziqişini aks ettiradi. Jumladan, ingliz tilidagi internet qidiruvlari soni ham hisobga olinadi.
Romanova uşbu reyting yetakçilari sifatida Turkiya, Tailand va Hindistonni qayd etdi. Özbekistonga yaqin davlatlar orasida esa Rossiya uşbu röyxatga kiritilgan.
Rossiya Tibbiy va akademik turizm assotsiatsiyasi prezidenti Yevgeniy Çernişevning fikriça, Özbekistonning Medical Tourism Index reytingida yöqligi tadqiqotning bir neça yildan beri yangilanmagani bilan izohlanişi mumkin.
«Medical Tourism Index oxirgi marta 2021-yilda yangilangan. Şu sababli Amerika tibbiy turizm assotsiatsiyasidagi hamkasblarimiz respublikada şu vaqt içida yuz bergan barça özgarişlarni köriş imkoniga ega bölişmagan», — deya tuşuntirdi u.
Xorijda Özbekiston tibbiyotining imkoniyatlari haqida kam ma’lumot bor
Romanova e’tibor qaratgan yana bir muammo — Özbekistondagi soğlomlaştiriş muassasalarining xorijiy turizm platformalarida yetarliça namoyiş etilmayotganidir.
Ekspert taqdim etgan ma’lumotlarga köra, tadqiqot ötkazilgan vaqtda Rossiyaning «Yandeks Puteshestviya» platformasida Özbekistondagi atigi oltita soğlomlaştiriş muassasasi, «Ostrovok» platformasida uçta, Ozon Travel platformasida esa ikkita muassasa mavjud bölgan.
Şu bilan birga, örganilgan Rossiya sayyohlik platformalarida Özbekistondagi joylaştiriş obyektlarining umumiy soni 1 492 tani taşkil etgan.
Romanovaning sözlariga köra, tibbiy xizmatlarni xorijda tarğib qilişda bemorlarning tanloviga ta’sir körsatadigan törtta asosiy omilni hisobga oliş zarur. Bular — tibbiyot muassasalariga işonç, xalqaro akkreditatsiyaning mavjudligi, xalqaro tölovlarni amalga oşiriş imkoniyati va davolaniş xavfsizligi haqida ma’lumot oliş imkoniyatidir.
Ekspert keltirgan tadqiqotlarga köra, uşbu omillar orasida eng muhimi xalqaro akkreditatsiyaning mavjudligidir.
Faqat arzon narxlar bilan raqobatlaşiş yetarli emas
Yevgeniy Çernişevning aytişiça, xalqaro tibbiy turizmda asosiy tendensiyalardan biri mamlakatlar örtasidagi texnologik tafovutning qisqarib borişidir. Bu, jumladan, yuqori texnologiyali tibbiy yordam faol rivojlanayotgan Markaziy Osiyo davlatlariga ham tegişli.
«Agar ilgari Rossiya tibbiyot markazlari MDH davlatlaridan keladigan tibbiy sayyohlarni önlab yillar davomida öziga jalb qila olamiz, çunki Rossiyada tibbiy yordam darajasi juda yuqori, deb hisoblagan bölsa, sönggi yillarda Markaziy Osiyo va MDH hududida ham yuqori texnologiyali tibbiy yordam rivojlanayotganini köryapmiz. Bugun texnologiyalar örtasidagi farq juda tez qisqarmoqda», — dedi ekspert.
Mamlakatlar örtasidagi texnologik tafovut qisqarib borayotgan şaroitda tibbiyotga bevosita aloqador bölmagan xizmatlar sifati ham tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xorijiy bemor uçun raqobat esa u mamlakatga kelişidan ança oldin boşlanadi.
«Tibbiy sayyoh uçun raqobat elektron poçta qutisidayoq boşlanadi. U ilgari bölmagan tibbiyot markazlaridan, heç qaçon bormagan mamlakatlaridan turli takliflarni oladi. Bemor aynan elektron poçtasida körgan ma’lumotlari asosida safarga boriş yoki bormaslik haqida qaror qabul qilişi kerak», — deya tuşuntirdi Çernişev.
Avvalroq Özbekistonda 2027-yilda har bir hududga tibbiyot va farmatsevtika yönalişlari uçun kamida $150 mln investitsiya hamda grant mablağlarini jalb qiliş vazifasi qöyilgandi.