Toşkentda 45 dan ortiq davlatlar iştirokida turizm forumi boşlandi — foto

25-noyabr kuni Toşkentdagi CAEx Uzbekistan körgazmalar majmuasida «Ipak yölida turizm» 31-Toşkent xalqaro turizm yarmarkasi va Birinçi xalqaro turizm investitsiya forumi öz işini boşladi, deya xabar bermoqda Kursiv Uzbekistan muxbiri.
Uç kunlik tadbirda 45 dan ortiq mamlakatlar vakillari, 600 dan ziyod xorijiy kompaniyalar hamda 20 ga yaqin xalqaro taşkilotlar iştirok etişi kutilmoqda. Tadbir Özbekiston Turizm qömitasi va uning huzuridagi Milliy PR-markazi tomonidan taşkil qilinmoqda. Körgazma operatori Iteca Exhibitions kompaniyasi hisoblanadi.
Yarmarkada nimalar namoyiş etiladi

Xalqaro yarmarkada Belarus, Germaniya, Italiya, Hindiston, Malayziya, Turkiya, Xitoy, Rossiya va boşqa mamlakatlarning turizm kompaniyalari öz xizmatlarini taqdim etadi.
Milliy pavilyonlarda tarixiy şaharlar, dengiz va toğ kurortlari, gastronomik sayohatlar, soğlomlaştiriş dasturlari hamda yangi turistik yönalişlar namoyiş qilinadi.

Özbekiston esa Qoraqalpoğiston Respublikasi va Toşkent şahri bilan birga barça 14 hududining turizm salohiyatini taniştiradi. Xususan, tarixiy obidalar, toğ turizmi, hunarmandçilik, milliy taomlar va yangi sayohat yönalişlariga e’tibor qaratiladi.
Tadbir davomida turoperatorlar, aviakompaniyalar va mehmonxona vakillari örtasida işbilarmonlik uçraşuvlari ham ötkaziladi.
Turizmga investitsiyalar jalb qilinadi

Yarmarka doirasida ilk bor Xalqaro turizm investitsiya forumi ötkazilmoqda. Unda xorijiy investorlar, xalqaro moliya institutlari, quriliş kompaniyalari va mehmonxona biznesi vakillari Özbekistondagi investitsiya imkoniyatlarini muhokama qiladi.
Forumda yangi mehmonxonalar, kurortlar, dam oliş majmualari va turizm infratuzilmasini rivojlantiriş loyihalari taqdim etiladi.

Şuningdek, investorlar uçun davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar ham taniştiriladi. Jumladan, yangi quriladigan uç yulduzli mehmonxonalar uçun har bir xona hisobiga 40 mln söm, tört va beş yulduzli mehmonxonalar uçun esa 65 mln söm subsidiya ajratiş nazarda tutilgan.
Bundan taşqari, 2026 – 2028-yillarda turizm obyektlarini quriş uçun jami 5 ming gektar yer uçastkasini elektron auksionga çiqariş rejalashtirilgan.
Özbekistonga 10 oyda 11,6 mln turist kelgan

Taqdim etilgan ma’lumotlarga köra, 2026-yilning yanvar – oktabr oylarida Özbekistonga 11,6 mln nafar xorijiy turist taşrif buyurgan. Bu ötgan yilning mos davridagiga nisbatan 19 foizga köp.
Turizm xizmatlari eksporti esa 49 foizga oşib, $6,1 mlrdga yetgan. Hozirda mamlakatda Hilton, Hyatt, Marriott, Wyndham, Radisson va Accor kabi kompaniyalarni öz içiga olgan 31 ta xalqaro mehmonxona brendi faoliyat yuritmoqda.

150 mln sömlik xakaton ham ötkaziladi
Yarmarka doirasida Smart Destination Hackathon musobaqasi ham taşkil etiladi. Uç kun davomida iştirokçilar sayohatlarni rejalaştiriş, turistik yönalişlarni şaxsiylaştiriş va kiçik turizm biznesini raqamlaştiriş böyiça texnologik yeçimlar işlab çiqadi.
Musobaqaning umumiy mukofot jamğarmasi 150 mln sömni taşkil etadi. Şuningdek, Global Media Campus doirasida jurnalistlar, blogerlar va turizm sohasi mutaxassislari turistik manzillarni xalqaro miqyosda tarğib qiliş masalalarini muhokama qiladi.
27-noyabrda xalqaro taşabbusga start beriladi

Forumning yakuniy kunida, 27-noyabrda Tashkent City Congress Hall majmuasida BMT Turizm taşkiloti bilan hamkorlikda «2027-yil — Xalqaro barqaror va bardoşli turizm yili» taşabbusining rasmiy oçiliş marosimi rejalaştirilgan.
Mazkur taşabbus Özbekiston tomonidan ilgari surilgan. BMT Boş Assambleyasi 2024-yil 26-fevralda 80 dan ortiq davlatlar hammuallifligidagi tegişli rezolyutsiyani qabul qilgan.

Marosim davomida xalqaro hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan Toşkent deklaratsiyasini qabul qiliş ham közda tutilmoqda. Toşkent xalqaro turizm yarmarkasi va investitsiya forumi 27-noyabrga qadar davom etadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston sayohat uçun eng xavfsiz 30 mamlakat qatoriga kirgani haqida xabar berilgandi.