Turizmni rivojlantiriş uçun 3,1 trillion söm yönaltiriladi

Özbekistonda 2030-yilga qadar xorijiy sayyohlar sonini yiliga 20 million nafarga, turizm xizmatlari eksportini esa $10 milliardga yetkaziş maqsad qilingan. Buxoroda tarixiy obidalarni birlaştiruvçi 2,3 kilometrlik madaniy sayr yönalişi taşkil etilişi, 2027-yilda esa ikkinçi xalqaro biyennale ötkazilişi rejalaştirilmoqda. Prezident Şavkat Mirziyoyev turizm sohasini rivojlantiriş, madaniy meros obyektlarini asraş va Buxorodagi yirik loyihalar yuzasidan taqdimot bilan tanişdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Buxoroda tarixiy obidalar yagona yönalişga birlaştiriladi
Taqdimotda Buxoro tarixiy markazini rivojlantiriş, me’moriy yodgorliklarni restavratsiya qiliş va zamonaviy turizm infratuzilmasini yaratiş loyihalari körib çiqildi.
Jumladan, Ark muzey-qöriqxonasini restavratsiya qiliş va ekspozitsiyalarini yangilaş, Qöş madrasa ansamblini tiklaş, Buxoro musiqali drama teatrini rekonstruksiya qiliş hamda Somoniylar boğini obodonlaştiriş taklif etildi.
Şuningdek, Jadidlar merosi davlat muzeyi va Buxoro davlat san’at muzeyini taşkil etiş rejalari taqdim qilindi. Tarixiy markazdagi savdo va xizmat körsatiş obyektlarini yagona me’moriy uslubga keltiriş, piyodalar uçun qulay muhit yaratiş va işlarni UNESCO talablariga muvofiq olib boriş nazarda tutilgan.
2027-yilda ikkinçi Buxoro xalqaro biyennalesini ötkaziş konsepsiyasi ham körib çiqildi. Uning doirasida Somoniylar boğidan Ark qal’asi va Poyi Kalon majmuasi orqali Labi Hovuz ansambligaça çöziladigan 2,3 kilometrlik madaniy sayr yönalişi şakllantiriladi. Yönaliş tarixiy obidalar, körgazma va jamoat maydonlarini birlaştiradi.
Özbekistonga 10 oyda 11,6 million sayyoh kelgan
Taqdimotda turizm sohasining joriy natijalari ham muhokama qilindi. Joriy yilning dastlabki 10 oyida Özbekistonga 11,6 million nafar xorijiy sayyoh taşrif buyurgan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 20 foiz köp.
Turizm xizmatlari eksporti 1,5 barobar oşib, $6,1 milliardga yetgan. Sayyohlarning mamlakatdagi örtaça xarajatlari ham 26 foizga köpaygan.
2030-yilgaça xorijiy sayyohlar sonini yiliga 20 million nafarga, turizm xizmatlari eksportini $10 milliardga, sohada band aholi sonini 2 million nafarga yetkaziş közda tutilgan. Şuningdek, turizmning yalpi içki mahsulotdagi uluşini 7 foizga oşiriş maqsad qilingan.
Turizm tadbirkorlariga yangi imtiyozlar berilişi mumkin
Davlat rahbari topşiriğiga muvofiq, mas’ullar hududlarda turizm bilan şuğullanayotgan 2 mingdan ortiq tadbirkor bilan uçraşib, ularning muammo va takliflarini örgangan.
Tadbirkorlar elektr energiyasi quvvatlari yetişmasligi, elektr va gaz uçun oldindan tölovlar miqdori yuqoriligi, mehmonxonalarda valyuta ayirboşlaş xizmatlaridan foydalaniş çeklangani hamda toğli hududlarda sayyohlarni taşiş bilan boğliq masalalarni kötargan.
Ular muqobil energiya manbalaridan foydalanişni rağbatlantiriş, kredit olişda kafillik beriş, yer uçun tölovlarni bölib-bölib amalga oşiriş va mehmonxona biznesini rivojlantirişga qöşimça imtiyozlar joriy etişni taklif qilgan.
Prezident mutasaddilarga tadbirkorlar kötargan har bir masalani örganib, aniq yeçimlar işlab çiqişni topşirdi.
Yangi turizm yönalişlari va 3,1 trillion sömlik infratuzilma loyihalari
Turistlar oqimini an’anaviy markazlardan boşqa hududlarga ham yönaltiriş maqsadida ekologik, etnografik, agrar, gastronomik, ekstremal, tibbiy, işbilarmonlik va kinoturizmni rivojlantiriş takliflari körib çiqildi.
«Bir mahalla – bir turmahsulot» tamoyili asosida mahalla va qişloqlarni turistik yönalişlarga kiritiş rejalaştirilmoqda. Bunda sayyohlarni mahalliy aholining turmuş tarzi, milliy urf-odatlari, hunarmandçiligi va pazandalik an’analari bilan taniştiriş orqali qöşimça daromad manbalari yaratiş közda tutilgan.
2026 – 2027-yillarda hududlarning turizm salohiyatini rivojlantiriş uçun 34 ta master-reja işlab çiqilişi belgilangan. Hozirgaça ularning 13 tasi tayyorlangan.
Taqdimotda Nurota tumanidagi qadimiy Koriz suv inşooti negizida oçiq osmon ostidagi muzey va dam oliş maskanini barpo etiş, Namanganda gulçilik turizmini rivojlantiriş hamda sanatoriy-kurort hududlarini obodonlaştiriş loyihalari ham namoyiş etildi.
Bundan taşqari, Tödaköl turizm-rekreatsiya zonasida mehmonxonalar, dam oliş va soğlomlaştiriş maskanlari, ekoturizm obyektlari hamda suv böyida zamonaviy infratuzilma yaratiş rejalaştirilgan.
Yangi loyihalar uçun 5 ming gektar yer maydonini auksionga çiqariş, 2030-yilgaça turizm infratuzilmasini rivojlantirişga 3,1 trillion söm yönaltiriş nazarda tutilmoqda. Şuningdek, Turizm loyihalarini qöllab-quvvatlaş jamğarmasini taşkil etib, unga 2027-yilda 100 milliard söm ajratiş taklif qilingan.
Jamğarma mablağlari yangi sayyohlik maskanlarini barpo etiş, tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar beriş, kredit foizlarining bir qismini qoplaş va köngiloçar xizmatlarni subsidiyalaşga yönaltirilişi mumkin.
Prezident xalqaro aviaqatnovlar geografiyasini kengaytiriş, hududlar örtasidagi transport aloqalarini yaxşilaş hamda mehmonxona, umumiy ovqatlaniş va ekskursiya xizmatlari sifatini xalqaro standartlarga moslaştiriş muhimligini ta’kidladi. Yirik xalqaro anjuman va forumlarni sayyohlar oqimi nisbatan kam bölgan mavsumlarda ötkaziş böyiça ham topşiriq berildi.
Avvalroq Şavkat Mirziyoyev qöriqlaş xizmatlari sifati va qamrovini oşiriş böyiça taqdimot bilan tanişgandi.