Tekin coffee-break va avtobus: Olimpiya şaharçasida Sindarovning çempionlik bahsi uçun fan-zona taşkil etiladi

eʼlon qilindi
Taşkilotçilar muxlislar uçun coffee-break va avtobus ham va'da qildi
Foto: FIDE

28-noyabrdan 6-dekabrga qadar Toşkentdagi Olimpiya şaharçasida şaxmat muxlislari uçun maxsus fan-zona faoliyat yuritadi. Unda özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov va hindistonlik jahon çempioni Gukeş Dommaraju örtasidagi jahon çempionligi uçun bahslar katta ekranda namoyiş etiladi. Bu haqda Özbekiston şaxmat federatsiyasi xabar berdi.

Bahslarni muxlislar birgalikda tomoşa qiladi

Fan-zonada jahon çempionligi matçining partiyalarini katta ekranda tomoşa qiliş, şaxmat muxlislari bilan birga bahslarni muhokama qiliş va musobaqa muhitini bevosita his qiliş mumkin böladi.

Tadbirlar har kuni soat 19:00 da boşlanadi. Taşkilotçilar muxlislar uçun coffee-break ham taşkil etişini ma’lum qildi.

Javohir Sindarov – Özbekiston şaxmat tarixida jahon çempionligi uçun asosiy final bahsida qatnaşayotgan ilk özbekistonlik şaxmatçilardan biri. Uning Gukeşga qarşi bahsi şaxmat olamida ham katta qiziqiş uyğotmoqda.

Fan-zonaga maxsus avtobuslar qatnaydi

Muxlislarning Olimpiya şaharçasiga yetib borişini osonlaştiriş uçun maxsus avtobuslar ham yölga qöyiladi.

Avtobuslar «Özbekiston» mehmonxonasi oldidan, «Amir Temur xiyoboni» metro bekati yaqinidan quyidagi vaqtlarda jönaydi:

  • 18:00;
  • 18:30;
  • 19:00.

Partiya yakunlangaç, avtobuslar muxlislarni yana şu manzilga olib keladi.

Jahon çempionligi uçun bahs Toşkentda katta qiziqiş uyğotmoqda

Sindarov va Gukeş örtasidagi bahslar Özbekiston şaxmat muxlislari uçun alohida ahamiyatga ega. Fan-zona orqali tomoşabinlar partiyalarni birgalikda kuzatib, özbekistonlik şaxmatçini qöllab-quvvatlaş imkoniyatiga ega böladi.

Avvalroq özbekistonlik şaxmatçi Javohir Sindarov hindistonlik amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommaraju bilan jahon çempionligi uçun keçayotgan bahsning ikkinçi partiyasida ham durang qayd etgandi.

Shuningdek