Andijonda qöl-oyoği boğlangan ayolning jasadi aniqlandi

Andijon tumanidagi xonadonlardan birida 1972-yilda tuğilgan ayolning jasadi qöl-oyoqlari boğlangan holda topildi. Holat yuzasidan qotillik va bosqinçilik böyiça jinoyat işi qözğatilgan. Bu haqda Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.
Jinoyat işi qözğatildi
Ma’lumotlarga köra, voqea 24-noyabr kuni Andijon tumanidagi xonadonlardan birida sodir bölgan. Ayolning jasadi qotillik alomatlari bilan aniqlangan.
Hodisa joyi közdan keçirilib, iş uçun ahamiyatli aşyoviy dalillar protsessual tartibda olingan. Ayolning ölimi sabablarini aniqlaş uçun tegişli ekspertizalar tayinlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «i» bandi (qasddan odam öldiriş) hamda 164-moddasi 3-qismi «v» bandi (bosqinçilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Gumonlanuvçi hali aniqlanmadi
Hozirça jinoyatni sodir etişda gumon qilinayotgan şaxs aniqlanmagan. Tergov organlari hodisaning barça tafsilotlarini aniqlaş va jinoyatni foş etişga qaratilgan dastlabki tergov harakatlarini olib bormoqda.
Avvalroq Qozoğistonning Jambil viloyatida vafot etgan 19 yoşli Özbekiston fuqarosi Madina Raşid qizining jasadi qayta ekspertiza ötkaziş uçun eksgumatsiya qilingandi.