Fitch Özbekistondagi mikromoliya bozori qayta şakllanişini prognoz qildi

Özbekistonning mikromoliya bozori faol ösiş bosqiçini yakunlagaç, konsolidatsiya jarayoniga duç kelişi, yirik mikromoliya taşkilotlarining (MMT) bir qismi esa banklarga aylanişi mumkin. Bunday prognozni xalqaro reyting agentligi Fitch Ratings direktori Ilya Makunin 27-noyabr kuni Özbekiston va Qozoğistonning mikromoliya hamda lizing sektorlarini rivojlantirişga bağişlangan vebinarda Kursiv Uzbekistan savoliga javoban bildirdi.
Fitch bahosiga köra, Qozoğiston nobank moliyaviy taşkilotlarini tartibga soliş borasida Özbekistondan biroz oldinda. Şu bilan birga, Fitch har ikki davlat regulyatorlari sektorning şaffofligi va barqarorligini oşirişga intilib, öxşaş yönalişda harakat qilişini kutmoqda.
«Bozor hozir boşdan keçirayotgan jadal ösiş bosqiçidan ötgaç, Qozoğistondagi holatga öxşaş tarzda, ma’lum darajada konsolidatsiya yuz berişini kutmoqdamiz», — dedi Makunin.
Yirik MMTlar bankka aylanişga intiladi
Fitch hisob-kitoblariga köra, Özbekiston va Qozoğistondagi ayrim yirik mikromoliya kompaniyalari kelajakda öz biznesini kengaytirib, banklar bilan raqobatlaşişni va buning uçun bank litsenziyasini olişni istaydi.
Makuninning sözlariga köra, bank modeliga ötiş masalasi reyting agentligi uşbu tendensiyani muhokama qiliş doirasida muloqot qilayotgan deyarli barça kompaniyalar kun tartibida turibdi.
Bank litsenziyasini oliş mikromoliya taşkilotlariga mahsulotlar qatorini kengaytiriş, daromad manbalarini diversifikatsiya qiliş va depozitlar hisobidan moliyalaştiriş imkoniyatiga ega böliş imkonini beradi.
Şu bilan birga, bank litsenziyasining olinişi kompaniyaning kredit reytingi avtomatik ravişda oşişini anglatmaydi.
«Bu yerda biz uçun kompaniyada yuz berayotgan özgarişlarning mohiyatiga e’tibor qaratiş, bank litsenziyasini oliş faktining öziga qaraşdan köra muhimroq», — deya ta’kidladi Fitch direktori.
Transformatsiyaning ijobiy ta’siri darhol namoyon bölmasligi mumkin. Kompaniyalar depozit bazasini kengaytirişi, yuqoriroq moliyaviy talablarga javob berişi, kapital va komplayens uçun qöşimça xarajatlarni öz zimmasiga olişi kerak böladi.
Yirik va kiçik kompaniyalar örtasidagi tafovut kuçayadi
Fitch, şuningdek, banklar tomonidan raqobat kuçayişini kutmoqda. Banklar ilgari asosan mikromoliya taşkilotlari egallab kelgan bozor segmentlariga faolroq kirib boradi.
Tartibga soliş tizimining rivojlanişi va raqobatning kuçayişi fonida yirik, faoliyatini diversifikatsiya qilgan kompaniyalar bilan tor ixtisoslaşuvga ega kiçik öyinçilarning kreditga layoqatlilik darajasidagi farq yanada yaqqol namoyon böladi.
Yirik kompaniyalarning ustunligi moliyalaştirişning kengroq manbalariga, jumladan, bank kreditlari, obligatsiyalar va xalqaro moliya institutlari mablağlariga ega bölişida körinadi. Kiçik öyinçilarning resurs jalb qiliş imkoniyatlari esa çeklanganligiça qoladi. Bu esa ularning qayta moliyalaştiriş xavflarini oşiradi.
Özbekiston va Qozoğiston bozorlari turli bosqiçlarda
Fitch ta’kidlaşiça, Özbekiston va Qozoğistonning mikromoliya bozorlari rivojlanişning turli bosqiçlarida turibdi. Qozoğistonda bozor ma’lum darajada yetuklikka erişgan va iştirokçilar konsolidatsiyasi hamda qat’iy makroiqtisodiy siyosat davridan keyingi tiklaniş kuzatilmoqda. Özbekistonda esa sektor jadal rivojlanişda davom etmoqda.
«Özbekiston — operatsion muhiti yaxşilanib borayotgan tez ösuvçi bozor», — dedi Makunin.
Fitç vebinar davomida taqdim etgan Özbekiston mikromoliya taşkilotlari kredit portfeli dinamikasi uşbu ösiş kölamini yaqqol körsatdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Özbekistondagi banklarning xodimlarga sarflayotgan xarajatlarini tahlil qilgandi. Tadqiqotga 2025-yilda bank litsenziyasini olgan Özbekistondagi birinçi mikromoliya banki — Tayanch Mikromoliya Banki ham kiritilgan. Moliyaviy taşkilot Tayyab Finance mikromoliya kompaniyasini transformatsiya qiliş orqali taşkil etilgan. Şu tariqa, Özbekiston bozorida MMTning bank modeliga ötişi böyiça allaqaçon amaliy misol mavjud.