Mirziyoyev xalqaro turizm anjumani iştirokçilariga tabrik yölladi

Özbekiston 2030-yilgaça xorijiy sayyohlar sonini 20 mln nafarga, turistik xizmatlar eksportini $10 mlrdga, sohada band aholi sonini esa 2 mln nafarga yetkazişni maqsad qilgan. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev «2027-yil — Xalqaro barqaror va yaşovçan turizm yili»ning rasmiy oçiliş marosimi iştirokçilariga yöllagan murojaatida ma’lum qildi.
Özbekistonga 11,6 mln sayyoh taşrif buyurdi
2026-yilning dastlabki ön oyida Özbekistonga 11,6 mln nafar sayyoh taşrif buyurdi. Bu 2025-yilning butun davriga teng körsatkiç. Turistik xizmatlar eksporti esa 1,5 baravar ösib, $6 mlrdga yetdi.
«Biz bunda taşrif buyuruvçilar sonini köpaytiriş bilan birga ularning mamlakatimizda uzoqroq muddatga qolişi, köproq xizmatlardan foydalanişi hamda mahalliy iqtisodiyotga qöşayotgan hissasini oşirişni ham ustuvor vazifa deb bilamiz», — dedi prezident.
Bugungi kunda mamlakatda 7,6 mingta mehmonxona va boşqa joylaştiriş obyektlari faoliyat yuritmoqda. Özbekiston turizm bozorida Hilton, Marriott, InterContinental va Radisson kabi 50 dan ortiq xalqaro brend öz örniga ega.
Şuningdek, 54 ta davlat bilan havo qatnovlari böyiça kelişuvlarga erişilgan. Dunyoning 33 ta davlatidagi 102 ta şaharga töğridan töğri aviaqatnovlar yölga qöyilib, 200 dan ortiq yönalişda parvozlar amalga oşirilmoqda.
Turizmning YIMdagi uluşi 7 foizga yetkaziladi
Sönggi beş yilda turizm sohasidagi tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş uçun 50 dan ortiq imtiyoz joriy etilgan. Bugungi kunda turizm va unga boğliq xizmatlarda qariyb 1 mln nafar aholi band.
Özbekiston 2030-yilgaça quyidagi körsatkiçlarga erişişni rejalaştirmoqda:
- xorijiy sayyohlar sonini 20 mln nafarga yetkaziş;
- turistik xizmatlar eksportini $10 mlrdga oşiriş;
- sohada band aholi sonini 2 mln nafarga yetkaziş;
- turizmning YIMdagi uluşini 7 foizga oşiriş;
- ixtisoslaşgan turistik maskanlar sonini 57 tadan 140 taga yetkaziş.
Bundan taşqari, işbilarmonlik, sarguzaşt, ekstremal, agro, etno, tibbiyot va gastronomiya turizmini rivojlantiriş hamda uşbu yönalişlardagi tadbirkorlarga soliq va bojxona imtiyozlarini beriş davom ettiriladi.
Markaziy Osiyoda yagona turistik makon
Mirziyoyev turizm sohasida mintaqaviy hamkorlikni kengaytiriş va içki turizmni rivojlantiriş muhimligini ta’kidladi.
«Markaziy Osiyo tajribasi qöşni mamlakatlar bilan birgalikda yagona turistik makon sifatida harakat qiliş orqali katta natijalarga erişiş mumkinligini tasdiqlamoqda», — dedi davlat rahbari.
Prezident barça mamlakatlarni sayyohlarni jalb qilişda qöşni davlatlar bilan hamkorlikni kuçaytirişga çaqirdi.
Turizmni rivojlantiriş böyiça beş yillik global reja taklif etildi
Şavkat Mirziyoyev 2027-yil doirasidagi tadbirlar bilan çeklanib qolmasdan, turizmni uzoq muddatli rivojlantiriş böyiça global dastur işlab çiqişni taklif qildi.
«Turizmning uzoq muddatli rivojini ta’minlaşga barçamiz mas’ul ekanimizdan kelib çiqib, 2027-yildagi tadbirlar bilan çeklanib qolmasdan, keyingi beş yilga möljallangan global harakatlar rejasini işlab çiqişni taklif etaman», — dedi prezident.
Mazkur dastur BMT Turizm taşkiloti yetakçiligida davlatlar, xalqaro taşkilotlar va xususiy sektor imkoniyatlarini birlaştirişi közda tutilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq turizmni rivojlantiriş uçun 3,1 trillion söm yönaltirilişi haqida xabar berilgandi.