Qor va yomğir yoğadi: 27-noyabr kuni ob-havo prognozi

27-noyabr kuni Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir, toğli joylarda esa qor yoğişi kutilmoqda. Ba’zi viloyatlarda şamol tezligi soniyasiga 20–22 metrgaça kuçayişi mumkin. Bu haqda Özgidromet ma’lum qildi.
Poytaxtda yomğir yoğadi
Toşkent şahrida havo özgaruvçan böladi. Keçasi va ertalab yomğir yoğişi, kunduzi esa yoğingarçilik bölmasligi kutilmoqda.
Şamol ğarbdan şarqqa özgarib, soniyasiga 3–8 metr tezlikda esadi. Harorat keçasi 6–8 daraja, kunduzi esa 12–14 daraja iliq böladi.
Ayrim hududlarda şamol 22 m/s gaça kuçayadi
Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol ayrim joylarda soniyasiga 13–18 metr, ba’zida esa 20–22 metrgaça kuçayişi mumkin.
Kuçli şamol ayrim hududlarda çang-tözon bilan kuzatilişi ehtimoli bor. Bu hududlarda harorat keçasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqaça, kunduzi 7–12 daraja iliq böladi.
Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida ham keçasi va ertalab ayrim joylarda yomğir yoğadi. Şamol ba’zi joylarda 20–22 m/s gaça kuçayişi va çang-tözonlar kuzatilişi mumkin.
Harorat keçasi 2–7 daraja, kunduzi 12–17 daraja iliq böladi.
Markaziy hududlarda yomğir va tuman bölişi mumkin
Toşkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida keçasi va ertalab ayrim joylarda yomğir yoğadi. Ba’zi joylarda tuman tuşişi mumkin.
Harorat keçasi 3–8 daraja, kunduzi esa 10–15 daraja iliq bölişi kutilmoqda.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida yoğingarçilik bölmaydi. Keçasi 0–5 daraja, kunduzi 10–15 daraja iliq böladi.
Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat keçasi 3–8 daraja, kunduzi 12–17 daraja iliq böladi.
Toğlarda qor yoğişi mumkin
Respublikaning toğli hududlarida vaqti-vaqti bilan yomğir va qor yoğişi kutilmoqda. Ayrim joylarda yoğingarçilik kuçli bölişi mumkin.
Şuningdek, ba’zi hududlarda tuman tuşişi, şamol tezligi esa soniyasiga 13–18 metrgaça kuçayişi mumkin. Toğlarda harorat keçasi 0–5 daraja iliq, ayrim joylarda 1–3 daraja sovuq, kunduzi esa 2–7 daraja iliq böladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekstan 26-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatilişi haqida yozgan edi.