Saida Mirziyoyeva Sirdaryoda soha mas’ullarini ogohlantirdi

eʼlon qilindi
U hududda yeçimini kutayotgan muammolar köpligini ta’kidladi
Saida Mirziyoyeva Sirdaryoda soha mas’ullarini ogohlantirdi
Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram kanali

Saida Mirziyoyeva Sirdaryo viloyatidagi mahallalar, ayrim ta’lim va madaniyat muassasalarining şaroitlari bilan tanişdi hamda aholi bilan oçiq muloqot ötkazdi. U hududda yeçimini kutayotgan muammolar köpligini ta’kidlab, soha mas’ullarini jiddiy ogohlantirganini ma’lum qildi.

«Sirdaryo viloyatida mahallalar, ayrim ta’lim va madaniyat maskanlaridagi haqiqiy şaroitni körib, aholi bilan oçiq muloqot qildik», – deb yozdi Mirziyoyeva Telegram kanalida.

U erişilgan yutuqlar bilan bir qatorda, hal etilişi lozim bölgan masalalar ham kam emasligini qayd etdi.

«Yutuqlarimiz öz yöliga, ammo yiğilib qolgan masalalar ham kam emas. Soha mas’ullarini jiddiy ogohlantirdim — sörovim şunga yaraşa böladi», – dedi Saida Mirziyoyeva.

Eslatib ötamiz, 23-noyabr kuni Özbekistonning uçta viloyatida – Farğona, Sirdaryo va Qaşqadaryoda tumanlar hokimlari almaşgandi. Jahongir Jumanov Oltiariq, Begmurod Akbarov Mirzaobod, Ğayratjon Hamroyev esa Nişon tumanlari hokimi etib tasdiqlandi. Yangi rahbarlarning barçasi tayinlovga qadar davlat boşqaruvi tizimida turli lavozimlarda işlagan.

Shuningdek