Saida Mirziyoyeva xalqaro turizm anjumanining oçilişida iştirok etdi

eʼlon qilindi
Özbekiston taşabbusi bilan xalqaro yil e’lon qilingan
Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram kanali

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toşkentda Özbekiston taşabbusi bilan e’lon qilingan «2027-yil — Xalqaro barqaror va yaşovçan turizm yili»ning oçiliş marosimida iştirok etdi. Bu haqda u özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Tadbir doirasida Saida Mirziyoyeva BMT Turizm taşkiloti boş kotibi Şayxa Al Novays hamda xorijiy delegatsiyalar vakillariga Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning tabrigini yetkazdi.

Uning ta’kidlaşiça, Özbekiston mehmondöstlik an’analariga ega mamlakat bölib, yurtga kelgan har bir sayyoh mamlakatga işonç, xonadonlarga esa fayz va baraka olib kiradi.

«Biz mehmonlarni yaxşi köramiz. Har bir sayyoh yurtimizga işonç, xonadonlarimizga fayz-baraka degani», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Şuningdek, u xalqaro mehmonlarni Özbekistonga xuş kelibsiz, deya qutladi.

Özbekiston taşabbusi bilan xalqaro yil e’lon qilingan

«2027-yil — Xalqaro barqaror va yaşovçan turizm yili» taşabbusi Özbekiston tomonidan ilgari surilgan. Uşbu taşabbus turizmning barqaror rivojlanişini qöllab-quvvatlaş, mamlakatlar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş va turizmning iqtisodiy hamda ijtimoiy ahamiyatini oşirişga qaratilgan.

Toşkentda ötkazilgan oçiliş marosimida BMT Turizm taşkiloti rahbari va xorijiy delegatsiyalar vakillarining iştirok etişi Özbekistonning xalqaro turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan taşabbuslari doirasida muhim tadbirlardan biri böldi.

Avvalroq Şavkat Mirziyoyev xalqaro turizm anjumani iştirokçilariga tabrik yöllagani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek