Davlat monopoliyasi örniga xususiy monopoliya paydo bölib qolişi ham mumkin – YTTB

Xususiylaştiriş jarayonida nafaqat kompaniyani, balki u faoliyat yuritayotgan bozorni ham isloh qiliş zarur. Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki (YTTB) vakili Xurşida Uzakova şunday fikr bildirdi. Bu haqda u Davlat aktivlarini boşqariş agentligi tomonidan taşkil etilgan «Iqtisodiyotda davlat iştirokini qisqartiriş — investorlar uçun yangi imkoniyat» mavzusidagi roadshow tadbirida ma’lum qildi.
Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki (YTTB) 2026-yilning yanvar – oktabr oylarida Özbekistonda 709 mln yevrolik kelişuvlar imzoladi.

YTTB bank vakili Xurşida Uzakova joriy yilning dastlabki 10 oyida 34 ta loyiha böyiça umumiy qiymati 709 mln yevrolik kelişuvlarga erişilganini aytdi.
«Körsatkiçlarimizning yildan yilga ortib borayotgani Özbekistonda xususiy kapital uçun imkoniyatlar kengayayotganini körsatadi. Endi masala şu kapitalni xususiylaştiriş jarayonida ham samarali jalb qilişda», — dedi u.
Uzakova 2025-yilda bank jami 39 ta loyiha doirasida Özbekistonga 880 mln yevro investitsiya kiritganini ta’kidladi.
YTTB xususiylaştirişda qatnaşuvçi investorlarni qanday qöllab-quvvatlaydi
Bank vakilining sözlariga köra, YTTB xususiylaştiriş jarayonida nafaqat davlatga, balki aktivlarni sotib oluvçi investorlarga ham kömaklaşadi. Bunda xorijiy investorlar bilan bir qatorda mahalliy tadbirkorlar ham bankning moliyaviy instrumentlaridan foydalanişi mumkin.
Davlat aktivini sotib olgan investorga korxonani modernizatsiya qiliş, yangi texnologiyalarni joriy etiş, işlab çiqarişni kengaytiriş yoki energiya samaradorligini oşiriş uçun qöşimça kapital talab etiladi.
«YTTB kredit berişi yoki ayrim holatlarda kapitalda iştirok etişi hamda investor bilan birgalikda minoritar aksiyador bölişi mumkin. Odatda bankimizning uluşi kompaniyalarda 35 foizdan oşmaydi. Kreditlar odatda 5–7 yilga, ayrim yirik infratuzilma loyihalari uçun esa 20 yilgaça ajratilişi mumkin», — dedi Uzakova.
YTTBning rasmiy ma’lumotlariga köra, bankning kompaniyalar kapitaliga kiritadigan investitsiyalari hajmi 10 mln yevrodan 200 mln yevrogaça bölişi mumkin.
Moliyaviy muammolari bor korxonalar ham mablağ olişi mumkin
Bank tomonidan moliyalaştiriladigan korxonalarning xususiylaştirişdan avval moliyaviy jihatdan barqaror bölişi majburiy emas.
«Xususiylaştirilayotgan korxonaning muammolari bölişi mumkin va aynan xususiylaştiriş şu muammolarni hal qilişning bir qismi bölişi mumkin», — dedi bank vakili.
Biroq YTTB tijoriy tamoyillar asosida investitsiya kiritadi. Şu sababli korxonadagi muammolarni hal qiliş böyiça işonçli reja va kiritilgan mablağlarning qaytişi uçun yetarli asos bölişi kerak.
Xususiylaştirişda mulkdorning özgarişi yetarli emas
Uzakova xususiylaştiriş jarayonida korxonalarning korporativ boşqaruvi, moliyaviy intizomi va hisobotlari şaffofligini yaxşilaş muhimligini ta’kidladi.
Şuningdek, korxonalarni xususiylaştiriş bilan bir qatorda ular faoliyat yuritayotgan bozorda raqobatni rivojlantiriş zarur.
«Faqat kompaniyani emas, bozorni ham isloh qiliş kerak. Aks holda davlat monopoliyasi örniga xususiy monopoliya paydo bölib qolişi ham mumkin. Xususiylaştirişning maqsadi aktivni sotiş emas, maqsad davlat korxonasini raqobatbardoş, mustaqil va samarali xususiy biznesga aylantirişdir», — dedi Uzakova.
Uning fikriça, YTTB mazkur jarayonda nafaqat moliyalaştiruvçi va investor, balki korxonalarni transformatsiya qiliş böyiça uzoq muddatli hamkor sifatida ham qatnaşişi mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Fitch agentligining Özbekistonda davlat banklarini xususiylaştiriş muddatlari yana surilişi mumkinligi haqidagi bahosini yoritgandi.