Özbekistonda noqonuniy işlagan xorijliklar mamlakatdan çiqarib yuborilişi mumkin

eʼlon qilindi
Özbekistonga kiriş uç yilga çeklanişi mumkin
Özbekistonda noqonuniy işlagan xorijliklar mamlakatdan çiqarib yuborilişi mumkin
Foto: depositphotos

Özbekistonda tegişli ruxsatnomasiz mehnat faoliyatini amalga oşirgan çet el fuqarolari uçun ma’muriy javobgarlik belgilanişi kutilmoqda. Qonunbuzarlik sodir etgan xorijliklarga jarima soliş, ayrim hollarda esa ularni mamlakatdan çiqarib yuboriş nazarda tutilmoqda. Tegişli qonun Oliy Majlis Senati tomonidan ma’qullandi.

Xorijliklarga qanday jarimalar qöllanadi?

Qonunga muvofiq, Özbekiston hududida mehnat faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi tegişli tasdiqnomaga ega bölmagan çet el fuqarolariga bazaviy hisoblaş miqdorining (BHM) 10 baravari miqdorida jarima solinişi belgilanmoqda.

Mazkur jazo tasdiqnomaning amal qiliş muddati tugaganidan keyin işlaşda davom etgan yoki hujjatda körsatilmagan mehnat faoliyati bilan şuğullangan xorijliklarga nisbatan ham qöllanadi.

Özbekistonga kiriş uç yilga çeklanişi mumkin

Agar çet el fuqarosi ma’muriy jazo qöllanilganidan keyin bir yil içida uşbu huquqbuzarlikni takroran sodir etsa yoki belgilangan jarimani tölamasa, u ma’muriy tartibda Özbekiston hududidan çiqarib yuborilişi mumkin.

Şuningdek, mamlakatdan çiqarib yuborilgan bunday şaxslarning Özbekistonga kiriş huquqini uç yil muddatga çeklaş nazarda tutilmoqda.

Qayd etiş joizki, mazkur qonun Senat tomonidan ma’qullangan. Yangi jazo çoralari qonun kuçga kirganidan keyin qöllanadi.

Avvalroq «Kursiv» yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun jazo kuçaytirilişi haqida yozgan edi.

Shuningdek