Peruda harbiy vertolyot qulaşi oqibatida sakkiz kişi halok böldi

Peruning boriş qiyin bölgan hududida qutqaruv operatsiyasini amalga oşirayotgan harbiy vertolyot halokatga uçradi. Hodisa oqibatida sakkiz nafar harbiy xizmatçi halok böldi, uçuvçi esa tirik qoldi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Mahalliy rasmiylarning ma’lum qilişiça, vertolyot Sanabamba şaharçasi yaqinida qulagan. U Apurimak, Ene va Mantaro daryolari vodiysida (VRAEM) harbiy patrul guruhini evakuatsiya qiliş vazifasini bajarayotgan edi.
Vertolyot uç nafar harbiy xizmatçini qutqarib olganidan söng, 26-noyabr kuni keçqurun bedarak yöqolgan. Qutqarib olingan harbiylar ham halok bölganlar orasida ekani tasdiqlangan.
Uçuvçi şifoxonaga yetkazildi
Peru Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga köra, qidiruv-qutqaruv işlari davomida vertolyot va uning bortida bölgan töqqiz nafar harbiy xizmatçi topilgan.
Halokatdan omon qolgan yagona şaxs — vertolyot uçuvçisi Enso Espinosa Roke ixtisoslaştirilgan tibbiy yordam körsatiş uçun mamlakat poytaxti Limaga olib ketilgan.
Vertolyotning qulaş sabablari hozirça noma’lum. Peru Qurolli kuçlari qömondonligi halok bölgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Halokat giyohvand moddalar yetiştiriladigan hududda yuz berdi
Vertolyot qulagan hudud «Kokain vodiysi» nomi bilan ham tanilgan. U Peruda koka ösimligi yetiştiriladigan eng yirik hudud bölib, bu yerda jinoiy guruhlar va sobiq «Yorqin yöl» isyonçi taşkilotining qoldiqlari faoliyat yuritadi.
BMT ma’lumotlariga köra, Peru Kolumbiya bilan bir qatorda dunyodagi eng yirik koka barglari va kokain işlab çiqaruvçi mamlakatlardan biri hisoblanadi.
Joriy yilning fevral oyida ham Peruning janubida Mi-17 vertolyoti halokatga uçragan edi. Öşanda vertolyot bortida bölgan 15 kişining barçasi halok bölgan.
Avvalroq «Kursiv» BAAda avtobus yuk maşinasi bilan töqnaşgani haqida yozgan edi.