Qor yoğadi: 28-noyabr uçun ob-havo prognozi

eʼlon qilindi
Poytaxtda yoğingarçilik kutilmaydi
Qor yoğadi: 28-noyabr uçun ob-havo prognozi
Foto: depositphotos

Özbekistonda 28-noyabr kuni ob-havo özgaruvçan bölib, aksariyat hududlarda yoğingarçilik kutilmaydi. Respublikaning ayrim hududlarida tuman tuşişi, toğli hududlarda esa yomğir va qor yoğişi mumkin. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.

Toşkent şahrida qanday ob-havo kuzatiladi?

Poytaxtda yoğingarçilik kutilmaydi. Keçasi va ertalab tuman tuşişi mumkin. Şamol şimoli-şarqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati keçasi 4–6, kunduzi 13–15 daraja iliq böladi.

Respublikaning ğarbiy va markaziy hududlarida

Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati keçasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqaça, kunduzi 7–12 daraja iliq bölişi kutilmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida keçasi harorat 3 darajagaça sovişi, kunduzi esa 10–15 darajagaça kötarilişi mumkin.

Toşkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo harorati keçasi 2–7, kunduzi 10–15 daraja iliq böladi. Mazkur hududlarda yoğingarçilik kutilmaydi, ayrim joylarda tuman tuşişi mumkin. Şamol şimoli-şarqdan 7–12 m/s tezlikda esadi.

Janubiy viloyatlar va Farğona vodiysida

Eng iliq ob-havo Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kuzatiladi. Uşbu hududlarda havo harorati keçasi 3–8, kunduzi 15–20 daraja iliq böladi.

Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida esa harorat keçasi 2–7, kunduzi 10–15 daraja iliq bölişi prognoz qilinmoqda. Uşbu hududlarda yoğingarçilik kutilmaydi, biroq ayrim joylarda tuman tuşişi mumkin.

Toğli hududlarda qor yoğişi kutilmoqda

Respublikaning toğli hududlarida keçasi va ertalab ayrim joylarda yomğir va qor yoğişi kutilmoqda. Kunduzi yoğingarçilik bölmaydi. Ba’zi joylarda tuman tuşişi mumkin.

Şamol şimoli-şarqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati keçasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 3–8 daraja iliq böladi.

Avvalroq «Kursiv» 27-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatilişi haqida yozgan edi.

Shuningdek