«PSJ» klubi o‘z tarixida ilk bor UEFA Chempionlar ligasi g‘olibiga aylandi. Mavsumning hal qiluvchi uchrashuvi 31-may kuni Myunxenda bo‘lib o‘tdi va unda parijliklar Italiyaning «Inter» jamoasini yirik – 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bahsning 12-daqiqasidayoq marokashlik himoyachi Ashraf Hakimi hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay, Due 20-daqiqada ikkinchi golni urdi va 63-daqiqada…