Uchrashuv 5-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 02:00 da AQShning Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tadi
Shveysariya terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionati pley-off bosqichida Jazoirni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Vankuverdagi BC Place stadionida o‘tgan uchrashuvda Murat Yakin shogirdlari har ikki bo‘limda bittadan gol urib, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Hisob 10-daqiqada ochildi. Johan Manzambi Jazoir himoyasini yorib o‘tib, jarima maydoniga kirib bordi va to‘pni Breel Embologa…
Kanadaning Toronto shahrida Jahon chempionatining pley-off bosqichida Portugaliya va Xorvatiya terma jamoalari to‘qnash keldi. Hisobda ortda qolayotgan portugallar kambek amalga oshirib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuv tomonlarning ketma-ket hujumlari bilan boshlangan bo‘lsa-da birinchi bo‘limda hisob o‘zgarmadi. Ikkinchi bo‘limda esa kutilmaganda Xorvatiya hisobni ochdi. 53-daqiqada Stanishich qanotdan uzatgan to‘pni Ivan Perishich…
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Jahongir O‘rozov faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin. Kicker nashri ma’lumotiga ko‘ra, «Borussiya Myunxengladbax» klubi 22 yoshli futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko‘ra, nemis klubi markaziy himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida transfer bozorini o‘rganmoqda. Jamoa rahbariyati, avvalo, istiqbolli yosh futbolchilarni tarkibga jalb etishni rejalashtirgan. Shu sababli «Borussiya M»…
AQSh terma jamoasi 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati 1/16 finalida Bosniya va Gersegovinani 2:0 hisobida mag‘lub etib, nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. G‘alabaga qaramay, amerikaliklar uchrashuvning katta qismini bir futbolchi kam bo‘lib o‘tkazdi. Hisobni birinchi bo‘lim oxirida hujumchi Folarin Balogun ochdi. Biroq u ikkinchi bo‘limda Tarik Muharemovich bilan to‘qnashuvdan so‘ng…
Sietl shahridagi «Sietl Stadium» o‘yingohida Jahon chempionatining 1/16 final bosqichi doirasida Belgiya terma jamoasi Senegal bilan kuch sinashdi. Murosasiz kechgan bahsda Belgiya 3:2 hisobidagi irodali g‘alabaga erishdi. Uchrashuvning 24-daqiqasida Habib Diarra hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning 51-daqiqasida Ismayla Sarr raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni 0:2 ko‘rinishiga olib keldi. Biroq uchrashuvning…
Futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionatining 1/16 final bosqichida Angliya terma jamoasi Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi qiyin o‘yin o‘tkazdi. Hisobda ortda borayotgan inglizlar yakunda o‘yinni o‘z tomoniga og‘dirib, nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. O‘yindagi dastlabki gol bahsning 7-daqiqasida kiritildi. Shansel Mbembaning uzatmasidan so‘ng Brayan Kibambe Sipenga inglizlar darvozasini ishg‘ol qilib, o‘z…
O‘zbekiston milliy jamoasi jahon chempionatidagi ishtirokini yakunlab, yurtimizga qaytdi. Kutib olish marosimida terma jamoa a’zosi Behruz Karimov OAV vakillari bilan suhbatlashdi. «O‘z darajamizni bilib oldik» Behruz Karimovning aytishicha, jahon chempionati O‘zbekiston milliy jamoasi uchun muhim turnir bo‘ldi. «Jahon chempionati biz uchun muhim turnir bo‘ldi. O‘z darajamizni bilib oldik. Keyingi turnirlarda…
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov jamoani kutib olish marosimida fikr bildirdi. Futbolchining aytishicha, terma jamoa a’zolari musobaqada bor kuchini sarflagan. Shomurodov natija kutilganidek bo‘lmaganini tan olgan holda, futbol orqali xalq birlasha olgani O‘zbekiston uchun muhim yutuq ekanini ta’kidladi. «Barcha futbolchilar jahon chempionatida borini berishdi. Shuni ayta olaman. Yomon…
Toshkent xalqaro aeroportida terma jamoani bosh vazir Abdulla Aripov, hukumat vakillari, sport jamoatchiligi va muxlislar kutib oldi. Bu terma jamoa uchun tarixda birinchi jahon chempionati bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuvda O‘zbekiston milliy terma jamoasining futbol bo‘yicha jahon chempionatidagi ishtirokini baholab, futbolchilarni tanqid qilish emas, balki ularni qo‘llab-quvvatlash bugungi…
JCh – 2026 nimchorak finaliga chiqish uchun o‘tayotgan bahsda Meksika terma jamoasi Ekvadorga qarshi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuv Mexikodagi «Estadio Asteka» stadionida o‘tkazildi. O‘yin avvaliga kuchli momaqaldiroq sabab bir soatga kechiktirildi. Ob-havo yaxshilangach, jamoalar maydonga tushdi va mezbonlardan biri hisoblangan Meksika uchrashuvni juda faol boshladi. Hisob 22-daqiqada ochildi. Roberto…
O‘zbekiston va Kongo DR uchrashuvida kiritilgan Eldor Shomurodovning goli FIFA tomonidan jahon chempionati guruh bosqichidagi eng chiroyli gol deb topildi. FIFA rasmiy sahifasida «Hyundai Goal of the Tournament» loyihasi doirasida birinchi bosqich g‘olibi sifatida Eldor Shomurodov nomi ko‘rsatildi. Ushbu bosqich 28 – 30-iyun kunlari o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra yakunlangan.…
Jahon chempionatining 1/16 final bosqichida Fransiya terma jamoasi Shvetsiya ustidan 3:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Mbappening dubli fransuzlarni nimchorak finalga olib chiqdi. Uchrashuv kutilganidek «uchranglilar»ning to‘liq ustunligi ostida boshlandi. Shvetsiya, asosan, himoyaviy o‘yin ko‘rsatishga harakat qilgan bo‘lsa-da, fransuzlarning bosimiga bardosh bera olmadi. O‘yinning birinchi bo‘limi yakunlanishi arafasida, 45-daqiqada Usmon Dembelening…
Jahon chempionatining 1/16 finalidan o‘rin olgan dramatik uchrashuvda Norvegiya terma jamoasi Kot-d’Ivuarni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Skandinaviyaliklar o‘yin oxirida g‘alabani ilib ketishdi. Uchrashuvdagi hisob birinchi bo‘lim oxirida ochildi. 39-daqiqada jamoa yetakchisi Martin Edegorning aniq uzatmasidan so‘ng Antonio Nusa raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Gol muallifi taym so‘nggida sariq kartochka bilan jazolandi.…
Jahon chempionati 1/16 bahsida Niderlandiya va Marokash terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv asosiy vaqtda g‘olibni aniqlab bermadi. Monterreydagi stadionda kechgan bahsning 90 daqiqasi 1:1 hisobida yakunlandi va jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarga yo‘l oldi. Uchrashuvda hisobni Niderlandiya terma jamoasi ochdi. 72-daqiqada Kodi Gakpo raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Gakpo golni…
Jahon chempionatining pley-off bosqichida Germaniya va Paragvay terma jamoalari to‘qnash keldi. Murosasiz kechgan bahsda g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Uchrashuvning birinchi bo‘limi Germaniyaning ustunligida o‘tdi. Biroq kutilmaganda hisobni Paragvay ochdi. 42-daqiqada Matias Galarzaning qanotdan uzatgan to‘pidan so‘ng Xulio Sezar Ensiso Germaniya darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasini oldinga olib chiqdi – 0:1. Ikkinchi…
Jahon chempionatining 1/16 final bosqichi doirasida Braziliya hamda Yaponiya terma jamoalari to‘qnash keldi. Gabriel Martinellining so‘nggi daqiqalarda kiritgan goli Braziliyaga 2:1 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limi Kunchiqar yurt vakillarining kutilmagan faolligi bilan yodda qoldi. 29-daqiqadayoq yaponiyalik iqtidor egasi Kayshu Sano maydon markazida to‘pni egallab olib, aniq zarba bilan…
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovning Jahon chempionati guruh bosqichida urgan goli FIFA tomonidan eng chiroyli gollar ro‘yxatiga kiritildi. Tashkilot 2026-yilgi mundialning guruh bosqichidagi eng yaxshi goliga nomzod futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Nomzodlar orasida Shomurodovdan tashqari Lionel Messi, Kilian Mbappe, Vinisius Junior, Jovanni Reyna, Ismoil Saybari, Feliks Nmecha, Elayja…
O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Siddiqovning ma’lum qilishicha, 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati davrida Google’da O‘zbekiston haqidagi qidiruvlar 450 foizga oshgan. Siddiqov X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida O‘zbekiston nomi Google qidiruvlarida keskin ko‘paygani haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, bunday o‘sish aynan O‘zbekistonning ilk bor FIFA Jahon chempionatida ishtirok etayotgani bilan bog‘liq. Mamlakat futboli,…