
O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Siddiqovning ma’lum qilishicha, 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati davrida Google’da O‘zbekiston haqidagi qidiruvlar 450 foizga oshgan.
Siddiqov X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida O‘zbekiston nomi Google qidiruvlarida keskin ko‘paygani haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, bunday o‘sish aynan O‘zbekistonning ilk bor FIFA Jahon chempionatida ishtirok etayotgani bilan bog‘liq. Mamlakat futboli, terma jamoa, futbolchilar, shuningdek, O‘zbekistonning o‘zi haqidagi ma’lumotlar xorijiy foydalanuvchilar tomonidan faol izlana boshlagan.

2026-yilgi Jahon chempionati O‘zbekiston terma jamoasi uchun tarixiy turnir bo‘ldi. Mamlakat ilk bor mundial final bosqichida qatnashdi. Aynan shu omil O‘zbekiston nomining jahon futboli muxlislari orasida kengroq tarqalishiga sabab bo‘lgan.
Avvalroq ‘«Kursiv» O‘FA Katanets davrida boshqa murabbiyga taklif yuborgani haqida yozgan edi.