Turk kinosi yulduzlari Toshkentga keldi

24-sentabr 2026 17:43 eʼlon qilindi

Dilobar Yoʻldosheva

Dilobar Yoʻldosheva

Muxbir
Foto: Madaniyat.uz

Toshkentda 24–29-sentabr kunlari «Turk kino kunlari» bo‘lib o‘tadi. Tadbirlar O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida tashkil etiladi.

«Turk kino kunlari»ning tantanali ochilish marosimi 25-sentabr kuni soat 18:30 da boshlanadi. Unda Turkiya kinematografiyasining taniqli vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Turkiyalik aktyorlar o‘zbek tomoshabinlari bilan uchrashib, ijodiy suhbat o‘tkazadi.

Foto: madaniyat.uz

Ochilish marosimidan keyin «Ajdodlar sadosi» filmi namoyish etiladi. 26-sentabr kuni «Kesilgan daraxtdek», 27-sentabr kuni «Baxtlimizmi?», 28-sentabr kuni «Qara, pochtachi kelyapti», 29-sentabr kuni esa «Izquvar Reptir» filmlari namoyish qilinadi.

Tadbir O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Avvalroq «Kursiv» o‘zbek aktrisasi Yulduz Rajabova va turk aktyori Emre Kiviljim sevgi hikoyasi qanday boshlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek