Boku Formula-1 Gran-prisini qabul qilishga tayyorlanmoqda

24-sentabr 2026 16:49 eʼlon qilindi

Dilobar Yoʻldosheva

Dilobar Yoʻldosheva

Muxbir
Foto: aa.com

Boku shahri Formula-1 bo‘yicha jahon chempionatining 15-bosqichini o‘tkazishga tayyorlanmoqda. Poyga haftaligi 24-sentabr kuni erkin mashg‘ulotlar bilan boshlanadi. Gran-prining asosiy poygasi esa 26-sentabr, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Haydovchilar 6,003 km uzunlikdagi Boku shahar trassasida 51 aylana bosib o‘tadi. Umumiy poyga masofasi 306 km dan oshadi.

Asosiy poygadagi start o‘rinlari 25-sentabrda aniqlanadi

Kvalifikatsiya 25-sentabr kuni O‘zbekiston vaqti bilan 17:00 da boshlanadi. Uning natijasiga ko‘ra haydovchilarning asosiy poygadagi start o‘rinlari belgilanadi.

«Формула-1» сократит гонки на два-три круга с 2027 года
Foto: Sandor Foszto / Pixabay

Chempionat peshqadami Mercedes vakili Kimi Antonelli hisoblanadi. U 292 ochko jamg‘argan va mavsumda sakkizta poygada g‘alaba qozongan. Jamoadoshi Jorj Rassell 211 ochko bilan ikkinchi, Ferrari piloti Lyuis Hemilton esa 191 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Ferrari 358 ochko bilan ikkinchi, McLaren esa 306 ochko bilan uchinchi o‘rinda, konstruktorlar hisobida Mercedes 503 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Formula-1 Ispaniya Gran-prisi uchun yangi qurilgan Madring trassasida mashina yonib ketganligi haqida yozgan edi.

Shuningdek