Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchisi BYD yangilangan Denza Z9 GT modelini dunyodagi eng uzoq masofali to‘liq elektr transport vositasi sifatida e’lon qildi. Bu haqda CarnewsChina nashri xabar berdi.
Mashina 122,496 kVt·soatlik Blade batareya paketi bilan jihozlangan bo‘lib, CLTC standartiga ko‘ra 1 036 km masofani bosib o‘tish imkoniga ega.
Yangi Denza Z9 GT RWD (orqa g‘ildirakdan tortish) va AWD (to‘liq tortish) variantlarida taqdim etiladi. RWD modeli 370 kVt (496 ot kuchi) elektr motoriga ega va maksimal tezligi 240 km/soatni tashkil qiladi. AWD modeli esa old g‘ildirakda 230 kVt (308 ot kuchi) va orqa g‘ildiraklarda ikkita 310 kVt (416 ot kuchi) elektr...