2026-yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonda 69,6 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,4 foizga ko‘p. Bu haqda Energetika vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi bosh mutaxassisi Obidjon Dilmurodov brifingda ma’lum qildi.
Quyosh va shamol elektr stansiyalarida ishlab chiqarish sezilarli oshdi
Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, issiqlik elektr stansiyalarida 49,1 mlrd kVt·soat, yirik quyosh va shamol elektr stansiyalarida esa 10,5 mlrd kVt·soat elektr ishlab chiqarilgan. Quyosh va shamol stansiyalari 2025-yil davomida ham jami 10,5 mlrd kVt·soat elektr ishlab chiqargan edi.
Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, bu yil ushbu ko‘rsatkichga to‘qqiz oyda erishilgan. Gidroelektr stansiyalarida...