
O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Fabio Kannavaro bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Rossiya bilan xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Uchrashuv 12-noyabr kuni «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Mazkur bahs FIFA kunlari doirasida tashkil etiladi. O‘rtoqlik uchrashuvi terma jamoalarga xalqaro maydonda tajriba orttirish va tarkibni sinovdan o‘tkazish imkonini beradi.
Shuningdek, o‘qing: Abduqodir Husanov MDHning eng qimmat futbolchisiga aylandi
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Odil Ahmedov terma jamoa Rossiya bilan o‘ynashi uchun Saudiya Arabistoni bilan rejalashtirilgan o‘yin bo‘yicha kelishuvga erishilmasligi va barcha tafsilotlar bosh murabbiy Fabio Kannavaro bilan muhokama qilinishi kerakligini aytgandi.
Sentabr – oktabr oylarida O‘zbekiston terma jamoasi Eronni 3:1, Suriyani 4:1 hisobida mag‘lub etgan, Janubiy Koreyaga esa 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.