Ko‘pqavatli uylardagi xonadonlar narxining o‘zgarishidan olinadigan foyda va ijara daromadlarining birgalikdagi taʼsiri baholandi. Bu esa 2 va 3 xonali turar joylar investitsiyalarning daromadliligi nuqtai nazaridan istiqbolli bo‘lib chiqdi. Bu haqida Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti rasmiy sahifasida tahlil keltirilgan.
2023-yilning avgust oyida uy-joy o‘rtacha narxining o‘tgan yil avgust oyidagiga nisbatan eng yuqori o‘sishi Yunusobod (37,1 foiz) va Mirzo Ulug‘bek (35,7 foiz) tumanlarida qayd etilgan. Nisbatan pastroq o‘sish esa Sergeli (27,8 foiz) va Olmazor (24,4 foiz) tumanlarida kuzatildi.
Ko‘chmas mulk egalarining ijarasidan (uy qiymatiga nisbatan) olinadigan daromad bo‘yicha, Mirzo Ulug‘bek (12 foiz) va Chilonzor (10,6 foiz) tumanlarida eng yuqori...