Yangilanish bayrami boʻlmish — Navroʻz turkiy va fors mamlakatlarida keng tantana va katta tayyorgarlik bilan nishonlanadi. Yurtimizda ham bu bayramga oʻzgacha tayyorlik koʻriladi. Respublikaning har bir hududida oʻziga xos anʼanalar bilan nishonlanadi. Har xil tansiq taomlar-u oʻyin kulgilar tashkil qilinadi. Shu munosabat bilan «Kursiv» oʻzbekistonliklar uchun 10 kishiga moʻljallangan bayram dasturxoni necha pulga tushishini hisoblab chiqdi.
Xalqimiz «oʻldirsa ham, osh oʻldirsin», deganidek bayram dasturxonimizni oshsiz tasavvur qilish qiyin. 10 kishi uchun moʻljallangan oshga kerak boʻladigan masalliqlar va ularning narxlari:
2 kg mol yoki qoʻy goʻshti — 180 ming soʻm;
1 litr oʻsimlik yogʻ — 22 ming soʻm;
2 kg lazer guruchi...