Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqanddagi 13 yoshli zanjirband qilingan bola holatini oʻz nazoratga oldi. oʻsmirga malakali psixologlar tomonidan zarur yordam koʻrsatilmoqda, ayni paytda uning salomatligiga hech narsa tahdid solayotgani yoʻq, dedi agentlik direktorining birinchi oʻrinbosari Shahnoza Mirziyoyeva.
«Mazkur jinoyat fosh boʻlishiga hissa qoʻshgan, oʻz vaqtida ichki ishlar organlariga xabar bergan hushyor va gʻamxoʻr jamoatchilik vakillaridan chin dildan minnatdorman. Ularning yordami bilan oʻsmir uchun yanada ayanchliroq zoʻravonliklarga duchor boʻlishining oldi olindi», — deb yozdi Mirziyoyeva oʻzining Instagram sahifasida.
Uning qoʻshimcha qilishicha, mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 138-moddasi (Ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Ushbu moddaning sanksiyasi...