O‘tgan hafta davomida «Toshkent» Respublika fond birjasidagi (RFB) yuqori likvidli aksiyalarning deyarli yarmi oshdi. Ammo UCI indeksi 666,23 punktga (-1,73%) tushdi. Qimmatli qog‘ozlar kotirovkalari qanday o‘zgarganini «Kursiv» maqolasida bilib oling.
21 ta yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlar orasida «Olmaliq KMK» aksiyalari 11,14 foizga ko‘tarilib, 12 498,99 so‘mga yetdi. Moliyaviy sektorda «Biznesni rivojlantirish banki» ijobiy pozitsiyani egalladi (+5,31%). «Trastbank» ham yetakchilar qatoridan joy oldi, kotirovkalar 15,18 foizga ko‘tarilib, 9 790 so‘mdan to‘xtadi.
Hafta autsayderi «O‘zbektelekom» bo‘ldi. Uning imtiyozli aksiyalari 9,82 foizga tushdi. Aksiyalari 24,70 foizga arzonlashgan «Turonbank» 1500 so‘m darajasiga yetdi. «Ipak yo‘li»ning kotirovkalari 19,21 foizga tushib, 286,80 so‘mga yetdi.
O‘zbekiston Respublika...