4-iyul kuni «Kursiv Uzbekistan» Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida birinchi ESG forumini o‘tkazdi. Tadbir «Narxdan qadr-qiymatgacha. Barqaror rivojlanish uchun iqtisodiyotni transformatsiya qilish» deb nomlangan bo‘lib, to‘rtta panel sessiyasidan iborat bo‘ldi. Ekspertlar, hukumat va biznes vakillari barqaror rivojlanish yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Forumni nashrning bosh muharriri va direktori Anastasiya Novikova ochib berdi. Uning soʻzlariga koʻra, aksariyat davlatlar yashil iqtisodiyotga oʻtmoqda. Birinchi qatorda Skandinaviya davlatlari joylashgan. Ular ESG tamoyillari fuqarolarning moddiy farovonligi va ijtimoiy xavfsizligini yaxshilashi mumkinligini aniq ko‘rsatdi.
«Agar O‘zbekiston haqida gapiradigan bo‘lsak, menimcha, mamlakatda ESGda mintaqaviy yetakchi bo‘lish uchun hamma narsa bor», dedi Novikova. Barqaror rivojlanish tamoyillarini hayotga...