Joriy yilning 15-yanvar sanasidan boshlab Buxoro viloyatida sovuq suv va kanalizatsiya xizmatlari uchun tariflar oshiriladi. Tariflar isteʼmolchilar toifasiga qarab oʻzgaradi.
Endilikda aholi vakillari 1 kub metr ichimlik suvi uchun 3,1 ming soʻm, byudjet tashkilotlari va ulgurji isteʼmolchilar 7,84 ming soʻm haq toʻlaydilar. Issiqlik taʼminoti korxonalari va masjidlar uchun tarif 3 472 soʻm deb belgilangan.
Aholi vakillari uchun texnik suv narxi 1 kub metr uchun 1,5 ming soʻmni, boshqa isteʼmolchilar uchun esa 1,68 ming soʻmni tashkil etadi.
Aholi uchun kanalizatsiya xizmatlari narxi 1 kub metr uchun 2,8 ming soʻm, ulgurji isteʼmolchilar va davlat tashkilotlari uchun 5 376 soʻm etib belgilangan...