Ko‘plab haydovchilar Xitoy avtomobillari 100 ming kmdan keyin ishonchliligini yo‘qotadi, degan fikrdan cho‘chiydi. Avto.ru kanali mutaxassislari esa bu stereotipni 112 ming km yo‘l bosgan Geely Coolray misolida tekshirib ko‘rdi. Ushbu tajriba ikkilamchi bozordan Coolray sotib olishni rejalashtirayotganlar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
Kuzov va salon holati
Avtoekspert Ivan Ananyevning ta’kidlashicha, modelning asosiy kamchiligi – lok-bo‘yoq qoplamasining yupqaligi. 50 ming km atrofida kapot va bagaj qopqog‘ida mayda tirnalishlar hamda zang belgilari paydo bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, ayrim egalari 300 ming km yurilgan avtomobillarda ham zang yo‘qligini qayd etgan.
Shuningdek, faralarning xiralashishi va optika ichida kondensat to‘planishi holatlari uchraydi...